04 mar 19:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Kovalyov vaznini o'zgartirmaydi, uning raqibi va jang sanasi aniq!
Yarim og'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Sergey Kovalyov (34-4-1, 29 KO) navbatdagi jangini 25 aprel kuni o'tkazadi.
Ushbu jang Golden Boy promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etiladi. Rossiyalik 36 yoshli bokschining raqibi kubalik Sallivan Barrera (22-3, 14 KO) bo'ladi. Oskar De La Xoyya tomonidan o'tkazilayotgan jang boks oqshomining markaziy jangi maqomida bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, Sergey Kovalyov o'tgan yili hozircha o'zining so'nggi jangi bo'lib turgan bahsida meksikalik jahon chempioni Saul Alvaresga imkoniyatni boy berib qo'ygan edi. O'shandan keyin Kovalyovning og'ir vazn toifasiga o'tishi aytilgandi. Ammo, Sergey yarim og'ir vaznda qolishni lozim topdi.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar