02 mar 15:17
Yangiliklar

Kovington "50 Cent"ga "vyzov" tashladi
Kovington amerikalik mashhur rep ijrochisi 50 Cent bilan oktagonda to'qnash kelmoqchi. Bunga albatta etarlicha sabablar bor. Qo'shiqchi Kovingtonning Kamaru Usmandan qabul qilib olgan surunkali mag'lubiyatlaridan so'ng Kolbini bir parcha go'sht deb atagandi.
"Uning bu haqorati meni beetibor qoldirmasligi aniq edi. Muxlislar mendan bu "koment"ni o'qidingizmi deb so'rashdi. Albatta, ko'rdim va yaxshigina kulib ham oldim. Men 50 Cent bilan jang o'tkazishni xohlayman. Bu jang uchun shaxsan o'zim 1 million dollar tikaman. Ishonchim komil, unda bunday katta pullar yo'q. U homiylariga murojaat qilsa bo'ladi. Jang davomida men bitta qo'limni umuman ishlatmayman. Qaysi qo'limda jang qilishimni uning o'zi belgilaydi", - dedi Kovington.
Fikrlar