30 mar 17:48
Yangiliklar
Boks/MMA

Kovington CHimaev bilan ehtimoliy jang haqida: "Mening barcha janglarimni ko'r"
UFC'ning yarim o'rta vazn toifasi vakili Kolbi Kovingtonning fikricha, asli chechen bo'lgan shveciyalik jangchi Xamzat CHimaev ayni damda u bilan jang qilishga loyiq emas.
"Kechirasan, "bolakay". Onang seni shunday chaqiradi. Bu achinarli. Haqiqatan ham ishonchli g'alabalarga erish. Sen bilan keyin gaplashamiz.
Bu yigit kuchli raqiblar bilan jang qilmagan. U UFC'da uchta jang o'tkazdi. Eng yaxshi 10 ta jangchi bilan to'qnash kelmagan. Nega biz bu odam haqida gapirayapmiz? Mening barcha janglarimni ko'r. Birin-ketin chempionlik janglarini o'tkazganman", - deya Kovingtonning so'zlarini keltiradi Sportskeeda.
CHimaev so'nggi bor UFC 267 turnirida jang qilgan va xitoylik Li Jin Liangni birinchi raundda bo'g'ish usuli bilan mag'lub qilgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar