03 mar 07:53
Yangiliklar

Kovington UFC prezidentini jiddiy ogohlantirdi
Kovingtonga Uaytning chempionlik jangi bermayotgani yoqmayapti.
“Dana, ishlaring yaxshimi? Men bu erda sening mashinangni ko'rib qoldim. CHindan ham Tayron Vudli mashinang diskalarini yuvishda davom etishini xohlaysanmi? Men hamon ushbu vazn toifasining haqiqiy chempioniman. Yoki meni esingdan chiqarib qo'ydingmi?
Juda ko'pchilik mening jangimni tomosha qilishni istayapti. CHunki, men o'z janglarim bilan xalq mehrini qozonganman. Sen esa ikkinchi yoki uchinchi darajali janglarni tashkil qilishda davom etyapsan. Agar menga chempionlik jangi taqdim etmasang, kazino oldida turgan qimmatbaho mashinangni o'zing taniy olmaydigan holatga keltirib qo'yaman”, - dedi Kovington o'zining Instagram sahifasidagi jonli efirida.
Fikrlar