05 avg 19:33
Yangiliklar
Kriketchilarimizga zamonaviy sport anjomlari topshirildi + FOTO
Mazkur tashabbus O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda O'zbekistonning Pokiston Islom Respublikasidagi elchixonasi hamkorligida amalga oshirildi. Sport jihozlarini Tashqi ishlar vazirligining Xalqaro-gumanitar tashkilotlar boshqarmasi bo'limi boshlig'i G'ulomjon Primqulov O'zbekiston kriket federaciyasi raisi Aziz Mixlievga tantanali ravishda topshirdi.

Takidlash joizki, bugungi kunda kriket yozgi Olimpiya o'yinlari dasturidan o'rin olgan bo'lib, dunyoning 100 dan ortiq mamlakatida keng ommalashgan sport turlaridan biri hisoblanadi.

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida sovg'a qilingan ushbu sport anjomlari mamlakatimizda kriketni yanada rivojlantirish, sportchilarning mashg'ulotlarini samarali tashkil etish hamda iqtidorli yosh kriketchilarni har tomonlama qo'llab-quvvatlashga munosib hissa qo'shishi shubhasiz.






Ilhom RAHMONOV tayyorladi
Fikrlar