05 noy 13:01
Yangiliklar
Boks/MMA
Kris Guterresga qarshi jang Frenki Edgar uchun faoliyatidagi so'nggisi bo'ladi
Frenki Edgar uchun UFC 281 faoliyatidagi so'nggi musobaqa bo'lib qoladi.
Engil vaznda UFC sobiq chempioni, amerikalik Frenki Edgar Kris Guterres bilan jangdan so'ng faoliyatini yakunlashining sababini aytdi. Mazkur jang 13 noyabr kuni Nyu-Yorkda, UFC 281 musobaqasi doirasida bo'lib o'tadi.
"O'zimni yaxshi his qilayotganimga qaramasdan, tanam qariyapti. Doim jang qila olmasligimni tushunib etdim. Men yana bir necha yil jang qila olishim mumkin, biroq hayotimning keyingi bosqichiga o'tish vaqti etib keldi. Men egoist edim, endi o'zimni oilam va farzandlarimga bag'ishlashim kerak. Ular mening yonimda bo'lishni xohlashadi", - dedi Edgar.
Havola :
Manba : mma.metaratings.ru
Fikrlar