28 apr 09:09
Yangiliklar
Merab Dvalishvilining raqibi malum bo'ldi + POSTER
Yaqinda Merab ayrim UFC jangchilari singari Real American Freestyle professional kurash ligasi bilan shartnoma imzolagandi. Uning kurash ligasidagi debyuti 30 may kuni AQSHning Dallas shahrida bo'lib o'tadigan RAF 9 turnirida amalga oshadi. SHu kuni u yana bir sobiq UFC jangchisiga qarshi bahs olib boradi. Bu haqda tashkilot vakillari rasman malum qilishdi.
Aslida Merab Dvalishvili 18 aprel kuni Filadelfiyada bo'lib o'tadigan RAF 8 turnirida ikki vaznda sobiq UFC chempioni Genri Sexudo bilan uchrashishi kerak edi, biroq tadbirdan bir necha soat oldin Genrining jarohati tufayli ushbu qarama-qarshilik bekor qilingandi.
Malumot uchun, UFC`dagi faoliyatidan oldin Frenki Edgar Klarion universiteti uchun muvaffaqiyatli kurashgan va to'rt marta AQSH milliy chempionatiga yo'llanma ham olgandi. MMAga o'tgandan so'ng, Edgar Nyu-Jersidagi o'z zali bilan aloqani davom ettirdi. Bundan tashqari, Edgar Rutgers universitetining kurash zalida muntazam ravishda mashg'ulot o'tkazdi, shuningdek, 2024 yilgi Olimpiya o'yinlarining bronza medali sovrindori Sebastyan Riverani tayyorlashga yordam berdi.
RAF 9 turnirining asosiy voqeasi Olimpiya chempioni Geybl Stivson va moldovalik og'ir vazn toifasidagi aralash yakkakurash ustasi Aleksandr Romanov o'rtasidagi to'qnashuv bo'ladi.

Fikrlar