27 dek 11:34
Yangiliklar

Kris Kertis o'z lagerida Roman Kopilovning "shpion"larini aniqladi
Qizig'i shundaki, ikki hafta davomida Kertisning mashg'ulot lagerida rossiyalik ikki sportchi qatnashgan va amerikalikka yordam bergan. Krisning aytishicha, ular Roman jo'natgan ayg'oqchilar ekan. Buni u kech anglab etgan.
"Yarim oycha oldin ikki rus yigiti kelib, mashg'ulotda yordam berishini aytdi. Ikki haftalik mashg'ulotdan keyin esa ular yo'q bo'lib qolishdi. Kopilov shaharga kelgach esa bu ikki yigit uning mashg'ulot lagerida Roman bilan birga shug'ullanishni boshladi. Pastkash Kopilovdan ayyorona yurish", - dedi Kertis.
Eslatib o'tamiz, Roman Kopilov - Kris Kertis jangi 11 yanvar kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida tashkil etiladigan UFC Fight Night 249 turniri doirasida bo'lib o'tadi.
Fikrlar