18 fev 12:19
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/28859_220.jpg)
Kris Yubankni mag'lub etgan Grouvs WBSS finaliga chiqdi
Angliyaning Manchester shahrida Butunjahon boks superseriyasi (WBSS) doirasidagi yarim final jangi bo'lib o'tdi.
Ikkinchi o'rta vazn toifasida o'tkazilgan bahsda WBA chempioni Jorj Grouvs davogar bokschi Kris Yubankka qarshi ringga ko'tarildi. O'n ikki raundlik jang yakunida Grouvs 117-112, 116-112, 115-113 hisobida g'alaba qozondi.
Grouvs chempionlik kamarini himoya qilish barobarida superseriyaning final uchrashuviga yo'l oldi. Ikkinchi finalchi 24 fevral kuni Kallum Smit va Yurgen Bremer o'rtasida o'tkaziladigan jangdan so'ng malum bo'ladi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar