12 iyu 16:28
Yangiliklar
Futbol
Krishtianu Ronaldu: "Faoliyatim yakuniga ko'p qolmadi"
Kecha Portugaliya terma jamoasi o'rtoqlik uchrashuvida Irlandiyani 3:0 hisobida mag'lub etdi.
O'yinda Krishtianu Ronaldu dubl qayd etdi. Uchrashuvdan keyin Ronaldu Portugaliya uchun 39 yoshda gol urish nima ekanligi haqida gapirib o'tdi.
"Gol urish yoqimli, men futboldan zavq olishga harakat qilaman. Faoliyatim yakuniga ko'p mavsum qolmaganini bilaman. 35 yoshdan keyin har mavsum o'ynash - bu o'zgacha lazzat. Men 39 yoshdaman va har yilimdan zavq olyapman.
Gollar urish - DNKimning bir bo'lagi. Muhimi - o'zingni ishga bag'ishlash. Mening milliy terma jamoamizga bo'lgan muhabbatim cheksiz.
Sovrinlar? Ular haqida orzu qilaman", - dedi Krishtianu "SportTV" efirida.
Havola :
Fikrlar