So’nggi yangiliklar

15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0 12:11Осиё Миллатлар кубогида Ўзбекистон шарафини тўққиз шахматчи ҳимоя қилади 0 11:42Дакар-2026: бугун енгил атлетика ва велоспорт баҳслари якунланади, боксчилар чорак финалда рингга чиқади 0 11:40Касильяс ўйин амалиёти етишмаслиги сабаб ўғилларини "Реал" академиясидан олиб кетди 0 11:09Магомед Анкалаев кейинги жангини оғир вазнда ўтказмоқчи 0 10:38Чимаев RAF турнирида собиқ UFC чемпионига қарши курашади, Ковингтон сафдан чиқди 0 10:07Келаси ҳафта Тошкентга келадиган Тедди Ринер Франция президентлиги сайловида қатнашмоқчи 0 09:36Месси, Мбаппе, Ямаль, Родри, Беллингем FIFPro йил рамзий терма жамоасидан жой олди, Кейн ва Роналду эса йўқ! 0 09:05ATP рейтинги янгиланди. Биринчи ракеткамиз 40 поғонага пастлади. Рейтингда янги ўзбек! 0

24 iyu 15:40
Yangiliklar

Futbol

Krishtianu Ronaldu: "Kimki mehnat qilsa, Xudo unga yordam berishiga ishonaman"

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu jahon chempionati "K" guruhi 2-turidan o'rin olgan O'zbekistonga qarshi o'yindan so'ng (5:0) o'z fikrlarini bildirdi.

– Ajoyib faoliyatingizni yakunlash arafasida Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi o'rtasidagi duelni ko'rish imkoniyati haqida so'ramoqchiman. Ikkingiz o'rtangizdagi buyuk uchrashuv haqida nima deya olasiz?

– Guruhdagi holatimiz va Kolumbiyaga qarshi kechadigan qiyin o'yin haqida gapirish muhimroq. Oldingi hafta juda qiyin va og'ir o'tdi, jamoatchilik bizga, menga va murabbiyga nisbatan juda qattiqqo'l bo'ldi. Agar doim shunday bo'lsa, hechqisi yo'q, chunki ishlar yurishmasa, shunday bo'lishi tabiiy. Lekin jamoadoshlarim bilan yuqori o'rinlarda borayotganimiz yaxshi holat. Bugun Portugaliya beshta gol urdi, bu oson emas. To'g'risi, juda xursandman. Endi dam olib, oldinga intilishimiz kerak.

– Boshqalaridan farqli o'laroq, yulduzlar musobaqasi bo'lyapti. Messi, Mbappe, Holand o'z so'zini aytdi, o'zingiz aytganingizdek, faqat Krishtianu ko'rinmayotgan edi. Bugun esa Krishtianu etib kelganini ko'rsatdi, Portugaliya va Krishtianu bugun o'z so'zini aytdi.

– Men doim o'z so'zimni aytaman, ertami-kechmi, shu erda bo'laman. SHuning uchun ishlashda davom etish kerak. Qilayotgan ishimga juda ishonaman. Kimki mehnat qilsa, Xudo unga yordam berishiga ishonaman. Faoliyatim doim shunday kechgan va hech narsa o'zgarmaydi. Juda xursandman, chunki men uchun eng asosiysi bu – jamoa. Ular bilan va oilalarimiz bilan birdam bo'lish, chunki faqat shunigina nazorat qila olishimizni bilamiz. Tashqarida aytilayotgan gap-so'zlarni nazorat qila olmaymiz. Yaxshi o'ynamasak yoki g'alaba qozonmasak, doim tanqidga uchraymiz, ayniqsa men. Lekin oldin aytganimdek, bunga o'rganib qolganman va yo'limda davom etaman.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing