19 may 12:37
Yangiliklar
Futbol

Krishtianu Ronalduning o'g'li finalda dubl qayd etib, Portugaliyaga g'alaba keltirdi + FOTO
May oyida Krishtianu Ronalduning o'g'li ilk bor Portugaliya U-15 terma jamoasidan chaqiruv olgandi.
Yakshanba kuni Vlatko Markovich nomidagi turnirning finalida Xorvatiya va Portugaliya o'smirlar terma jamoalari to'qnash kelishdi. Portugaliya 3:2 hisobida g'alaba qozondi, 14 yoshli Krishtianu Ronaldu esa ikkita gol urdi.
Xabaringiz bor, kichik Ronaldu “Al Nassr” akademiyasida o'ynaydi. Yosh futbolchi iyun oyida 15 yoshni qarshilaydi. Aftidan, Krishtianu otasi izidan borib, katta martabaga erishmoqchi.
Havola :
Fikrlar