03 avg 22:30
Yangiliklar
Krouford Isroil Madrimovdan nima kutishini aytdi
"Isroil Madrimovdan ringga ko'tarilib, avvalgi janglaridek mahoratli bo'lishini kutaman. Odamlar mening kuchli ekanligimni va kuchli zarba berishimni unutishadi. Negadir bazilar men yuqori vaznga ko'tarilganim uchun uni kuchliroq deb o'ylamoqda.
O'zimdan og'irroq raqiblarga qarshi boshqa janglar oldidan menda doim shunday savollar bo'lgan, biroq ular menga qarshi ringga chiqqanlarida, men ular o'ylagandan ham kuchliroq bo'lib chiqqanman. Men super yarim o'rta vazn toifasida yanada kuchliroq bo'laman. Men allaqachon tayyorman va qanday yo'l bilan bo'lishidan qatiy nazar, g'alaba qozonishga umid qilaman — nokautmi yoki hakamlar qarori", dedi Krouford.
Ularning jangi ertaga tongda Los-Anjelesda tashkil etiladi.
Fikrlar