13 iyu 09:39
Yangiliklar
Boks/MMA
Krouford Makgregor haqida: "Xudo jazolaydi!"
Uch vazn toifasida mag'lubiyatga uchramagan sobiq mutlaq jahon chempioni Terens Krouford ikki vaznda sobiq UFC chempioni Konor Makgregorning Maks Xollouey bilan revansh jangidagi mag'lubiyatiga izoh berdi.
Kecha Las-Vegasda o'tgan turnirning asosiy jangida Makgregor birinchi raunddayoq oyog'idan jarohat olib, texnik nokautga uchragan edi.
"Bu aqlsizlik. Kimdir menga axlat sepishni boshlasa, Xudo ularni jazolaydi", - deb yozdi Krouford X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Makgregor Terens Kroufordning 200 million dollar evaziga MMA va boks qoidalari bo'yicha ikkita jang o'tkazish taklifini rad etganini malum qilgandi. Amerikalik bu malumotni rad etgan edi.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar