24 sen 18:01
Yangiliklar
Boks/MMA

"Krouford mening bosimimdan sinib qolgan bo'lardi" - Benavides
Boks bo'yicha Jahon chempioni Devid Benavides Terens Krouford va Saul Alvares o'rtasidagi jang haqida fikrlarini bildirdi.
"Tez orada ikkinchi o'rta vazn toifasiga qaytaman. Kim o'shanda haqiqiy mutlaq chempion bo'ladi? Krouford mening bosimimdan sinib qolgan bo'lardi.
Krouford formasini yo'qotayotgan Alvaresni mag'lub etdi - uning harakatlari og'irlashgan. Bu biz biladigan Kanelo emas. Agar Terens o'zini buyuk deb atashlarini istasa, o'z faoliyatining cho'qqisida bo'lganlar bilan jang qilishi kerak, boksdan ketishiga oz qolgan raqiblar bilan emas", - dedi Benavides.
Havola :
Manba : Boxing News 24
Fikrlar