So’nggi yangiliklar

16:18Бектемир Мелиқўзиевнинг рақиби бўлажак жанг олдидан нималар деди? 0 15:57Оксана Чусовитина Жаҳон кубогининг финалига йўл олди 0 15:36Қишда Ўзбекистонга келган энг қиммат легионерлар 0 15:15Қишки Олимпиада-2026. Ўн олтинчи куннинг барча натижалари битта хабарда 0 14:54Кроуфорд режагидан аввалроқ фаолиятини якунламоқчи бўлган экан 0 14:33Манба: Алекс Перейра ва Сирил Ган камар учун жанг қилади 0 14:12Puma АПЛ учун янги тўпини тақдим этди + ФОТО 0 13:51Zuffa Турки Ал аш-Шайхга ўзининг чемпионлик камарини тақдим этди + ФОТО 0 13:30OTP Group Tashkent Grand Slam 2026 турнирида қатнашадиган таркибимиз тасдиқланди. Иккита ўзгариш бор! 0 13:09Қозоғистон бокс терма жамоасининг "Странжа" учун таркиби эълон қилинди 0 12:48ОЧЛ 2`да ҳаммаси тугади: Марказий Осиёдан ҳеч ким қолмади 0 12:27Тошкентда Ўзбекистон ва Озарбайжон таэквондо терма жамоалари қўшма йиғин ўтказмоқда 0 12:06Марио Барриос чемпионлик жанги олдидан Райан Гарсия билан юзма-юз келди (ВИДЕО) 0 11:45Муроджон Аҳмадалиев Бектемир Мелиқўзиевнинг бурчагида бўлади 0 11:24ФИФА Фаластинда футболни ривожлантириш учун катта миқдрода пул ажратади 0

20 fev 14:54
Yangiliklar

Boks/MMA

Krouford rejagidan avvalroq faoliyatini yakunlamoqchi bo'lgan ekan

Teglar :  Terens Krouford
Boksdan mag'lubiyatsiz ketgan amerikalik 38 yoshli Terens Krouford o'tgan yilning dekabr oyida faoliyatini yakunlash haqidagi qarori o'z-o'zidan bo'lmagani va o'tgan yilning sentyabrida Saul "Kanelo" Alvaresga qarshi jang oldidan bu qadamni rejalashtirganini tan oldi.

O'sha jangdagi g'alaba Kroufordni beshta vazn toifasida jahon chempioni va uchta vaznda mutlaq jahon chempioniga aylantirdi.

"G'alaba yoki mag'lubiyat, 1000 foiz [ketmoqchi edim], - dedi Krouford The Pivot nashriga bergan intervyusida. - O'quv-mashg'ulot yig'inida boshimdan kechirganlarimning hammasi. Errol Spens bilan jangdan keyin [2023 yilda] ketmoqchi edim. Boks meni haydab yuborishini xohlamadim".

Kroufordning so'zlariga ko'ra, gap nafaqat barcha yutuqlardan so'ng yangi maqsadlarni izlashda, balki uning tanasi yana qancha chidashga tayyorligida ham edi.

"Qachongacha og'riq va boshqa gapirilmaydigan ko'ngilsizliklarni boshdan kechirishga tayyorsan? Bularning hammasidan yana necha marta o'tmoqchisan? "Kanelo" o'yin oxiridagi so'nggi jangchi edi. Men cho'qqiga chiqdim. Endi yana qaerga boraman?", - deya qo'shib qo'ydi Krouford.

Faoliyatini yakunlaganini rasman elon qilganidan so'ng, ko'pchilik uning qaroriga shubha qildi, ammo u tom manoda boksdan keyingi hayot uchun o'zini saqlab qolishga ahd qildi.

"Butun kuchimni shu erda qoldirib nima qilaman? Nima uchun energiyani boshqa narsaga, bolalarimga qoldirmasligim kerak. Men boksdan keyin to'laqonli hayot kechirishni istayman, - dedi Krouford. - Uzoq qolib ketgan bokschilarga o'xshagim kelmaydi. Ular o'z ishlarining natijalaridan zavqlana olmaydilar. Bolalar bilan o'ynay olmaydi. Suhbatni ham qo'llab-quvvatlay olishmaydi. Bu ham rol o'ynadi".

Kroufordda esa boksga qaytish uchun sabab yo'q, masalan, Tayson Fyuri kabi, u tez orada faoliyatida beshinchi marta ringga qaytadi.

"Men mamnunman. Men istagan narsamga erishdim va buni o'zimcha bajardim. Boshqa isbotlaydigan gapim yo'q. Albatta, bu ajoyib tuyg'u, achchiq-chuchuk, lekin shunga qaramay, men uni his qildim. SHuning uchun hozirgi holatimdan mamnunman", - deya so'zlariga yakun yasadi Terens.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing