20 fev 11:45
Yangiliklar
Boks/MMA
Murodjon Ahmadaliev Bektemir Meliqo'zievning burchagida bo'ladi
22 fevral tongida o'zbekistonlik professional bokschi Bektemir Meliqo'ziev o'zining navbatdagi jangini o'tkazadi.
29 yashar charm qo'lqop ustamiz Las-Vegasdagi T-Mobile Arena majmuasida tashkil etiladigan prof boks oqshomida ringga ko'tariladi. Meliqo'zievga musobaqa doirasida ganalik Sena Agbeko raqiblik qiladi.
Malum bo'lishicha, mazkur jangda Bektemir Meliqo'zievga boshqa bir hamyurtimiz — sobiq Jahon chempioni Murodjon Ahmadaliev sekundantlik qiladi. Murodjon avvallari ham Bektemir Meliqo'ziev, Isroil Madrimov, Ruslan Abdullaev va boshqa bir qator bokschilarimizning janglarida sekundant sifatida faoliyat olib borgandi.

Havola :
Manba : oktogonuz
Fikrlar