29 iyu 08:33
Yangiliklar
Boks/MMA
Kroufordning sobiq raqibi va Jahon chempioni Isroil Madrimovga maslahatlar berdi
Boks bo'yicha ikki karra jahon chempioni, hozirda sharhlovchi sifatida ishlayotgan SHon Porterning fikricha, Madrimov Krouford ustidan g'alaba qozonish uchun bor etiborini o'zining eng yaxshi tomonlariga qaratishi kerak.
"Madrimov katta bosim o'tkazadi. U raqibiga ruhiy va jismonan bosim o'tkazadi. O'zingiz bilgan narsani qiling va imkon qadar yaxshiroq qiling. Boshqa narsa uchun uni qurbon qilishga urinmang. Krouford nima qiladi, u sizni o'yiningizdan chiqarib yuboradi va sizni boshqa biror narsa qilishga majbur qiladi va siz buning oqibatida xato qilishingiz mumkin", dedi Porter.
Malumot uchun, Terens Krouford - Isroil Madrimov chempionlik jangi 3 avgust kuni bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar