23 mar 14:29
Yangiliklar

Kubrat Pulev, Bogdan Dinu, Maksim Dadashev taroziga chiqdi FOTO
Top Rank promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilayotgan boks oqshomi ishtirokchilari bugun ananaga ko'ra tarozidan o'tish marosimida ishtirok etishdi. Yaqindagina Top Rank kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan Kubrat Pulev ruminiyalik Bogdan Dinuga qarshi ringga ko'tariladi.
Superog'ir vazn toifasida chempionlik kamari uchun sobiq davogar bo'lgan 37 yoshli bolgariyalik bokschi 113,3 kg tosh bosdi. Uning raqibi Dinu esa deyarli 5 kg engilroq chiqdi - 108,7 kg.
Yana bir qiziqarli jang birinchi yarim o'rta vazn toifasida o'tkaziladi. Unda rossiyalik Maksim Dadashev filippinlik Rikki Sismudoga qarshi ringga chiqadi. Dadashev hozirda IBF reytingida to'rtinchi, WBCda esa ettinchi o'rinni egallab turibdi. Dadashev 63,7, Sismudo esa 63,9 kg vaznga ega ekanligi oydinlashdi.
Fikrlar