19 iyu 21:08
Yangiliklar
Boks/MMA

Kubrat Pulev: Joshua ikkinchi jangda ham Ruisga yutqazadi
Bolgariyalik superog'ir vazn toifasidagi bokschi Kubrat Pulev WBA, WBO, IBF va IBO yo'nalishlari chempioni Endi Ruis haqida gapirdi.
Pulevning aytishicha, meksikalik jahon chempioni revansh jangida ham Joshuani mag'lub eta olar ekan.
“Ruis ilk jangda Joshuani haqli ravishda mag'lub etdi. Bu hamma uchun haqiqiy syurpriz edi. Ochig'i, men uchun ham bu kutilmagan natija bo'ldi. O'ylashimcha, Joshua revansh jangida yana yutqazadi. CHunki, Ruisning jang olib borish uslubi har qanday bokschiga noqulaylik tug'diradi. Ushbu jang g'olibiga qarshi ringga chiqish istagidaman. Ayni paytda IBF kamari uchun rasmiy davogarman”, - deya Pulevning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Boxing News 24.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar