24 mar 10:41
Yangiliklar
![](/upload/storage/59097_220.jpg)
Kubrat Pulev ruminiyalik bokschini nokautga uchratdi
Pulev AQSHning Kaliforniya shtatida o'tgan boks oqshomida ruminiyalik Bogdan Dinuga qarshi ringga ko'tarildi. Bu Kubrat uchun Top Rank promouterlik kompaniyasi bilan hamkorlikdagi ilk jang edi.
Bolgariyalik bokschi ettinchi raundda raqibini nokaut evaziga mag'lubiyatga uchratdi. Jangning dastlabki uchta raundi teng kechdi. Xatto Pulevning qoshi ham yaxshigina yorildi.
SHunga qaramay, tajribali Kubrat jangni ettinchi raundda o'z foydasiga hal qilgan holda yakunlay oldi. Jang ettinchi raundda to'xtatilgan bir paytda bolgariyalik bokschi 58-56, 57-57, 57-57 hisobidagi kichik ustunlik bilan g'alaba qozonayotgan edi.
Malumot uchun, Kubrat Pulev bugungi g'alabasi evaziga Joshuaga tegishli IBF titulidan tashqari WBA va WBO kamarlari uchun ham rasmiy davogarga aylandi.
Fikrlar