So’nggi yangiliklar

13:29"Реал" дарвозабони Куртуа жароҳатдан кейин қачон сафга қайтиши маълум 0 13:0848 ёшли Йоэль Ромеро Гекторга қарши жанг ўтказади 0 12:47Тўй яқин чоғи - Синдаров Гиннес рекордлар китобига киритилган ҳамкасбига кўнгил қўйдими? (+ФОТО) 0 12:26Флойд Мейвезер АҚШ солиқ хизматига 7,3 млн доллар қарз 0 12:05Осиё кубоги. Қизларимиз бугун 1/2 финал йўлланмаси учун майдонга тушади 0 11:44Жон Жонс қайтиш масаласини ёпди 0 11:23Соҳибжамол Осиё чемпионати совриндори! Жалолов финалда, Жамаловда кутилмаган мағлубият 0 11:02Белал Муҳаммад Прохазка - Улберг жанги ғолибни айтди 0 10:41"Вест Хэм" ғалабага эришиб, "Тоттенхэм"ни 18-ўринга "кузатиб" қўйди + ВИДЕО 0 10:20Бугун 5 нафар эркин курашчимиз Осиё чемпионатидаги иштирокини бошлайди 0 09:59"Мен 100% қафасдаги жанг тарафдориман". Жо Байденнинг ўғли Трампнинг ўғилларига "вызов" ташлади 0 09:38Таэквондо WT бўйича ёшлар ўртасидаги жаҳон чемпионатига бағишланган флешмоб ўтказилди ФОТОРЕПОРТАЖ 0 09:17"Рома" ўз уйида аутсайдерни қийинчиликсиз мағлуб этди + ВИДЕО 0 08:56Майк Тайсон Фьюрига мурожаат қилди ва жавобини ҳам олди 0 08:35Илия Топурия: "Махачев бировнинг пулини санамаслиги керак" 0

04 mar 14:21
Yangiliklar

Boks/MMA

Kuchli zarba sohibi bilan dildan suhbat

Teglar :  BoksO'zbekiston
Yurtimizda professional boks deganda bevosita ko'z oldimizga Artur Grigoryan, Ruslan CHagaev, Oleg Maskaev kabi afsonalar keladi.

Albatta, bu bokschilarimiz jahon prof boks olamida o'z so'zlarini ayta olishgan. Hozirgi kunda mamlakatimizda bu charm qo'lqop ustalarining munosib izdoshlari etishib chiqmoqda. 

Ularga Janubiy Koreyaning “Kolo Buffalo” promousheni bilan shartnoma imzolagan Xusniddin Po'latov, Eldor Saidov, Rossiyaning ko'zga ko'ringan promouterlik kompaniyasi “RMKA” tarkibida faoliyat yuritayotgan Ravshan Umurzoqov, Mirzohid Abdullaev, Stepan Partnov, Qobiljon Xosilov, Jaloliddin O'ktamov, Sardor Muzaffarov, Muhiddin Rajabboev, Beksulton Ravshanov qolaversa, hozirda jahon boks olamida porlab chiqayotgan SHohjahon Ergashev, Qudratullo Abduqahhorov kabi istedodli yosh bokschilar yaqqol misol bo'la oladi. 

O'z o'rnida O'zbekiston professional boks federaciyasi bilan birgalikda bir qator promouterlik klublarining ham say-harakati natijasida professional boksning ommaviyligi tobora oshib bormoqda. Hozirda mamlakatimizda 100 nafarga yaqin bokschilarimiz professional yo'nalishda o'z janglarini olib bormoqda. 

Ular orasida kelgusida jahon professional boks olamida yaxshi natijalarni qayd eta oladigan iqtidorlar etarlicha topiladi. Bugun biz ana shunday mahoratli charm qo'lqop ustalaridan biri Umid Rustamov bilan uyushtirilgan suhbatni etiboringizga havola qilamiz. 

- Sizni havaskor boksdagi janglaringizga guvoh bo'lmagan edim. Professional boks kechasida esa o'zim uchun sizni kashf qildim. Aytingchi, havaskor boksda faoliyat olib borganmisiz?

- Bilasizmi, havaskor boksda faoliyat olib bormaganman? desam noto'g'ri bo'ladi. Bir-ikki marotaba musobaqalarda ishtirok etganman. Keyin faoliyatimda tanaffus yuzaga keldi. Katta sportga qaytganimdan so'ng jismoniy holatimni va zarbalarim kuchini inobatga olib, ustozlarim profi ringda o'zimni sinab ko'rishni maslahat berishdi. Natijalar yomon emas. 

- Umuman olganda, boks olamiga kirib kelishingiz tarixi qanday bo'lgan?

- Yoshligimdan Muhammad Aliga havasim kuchli bo'lgan. Qolaversa, meksikalik Saul “Kanelo” Alvaresning ashaddiy muxlisiman. Ana shu ikki bokschi sabab bu olamga kirib kelganman.

- Barcha janglaringizni yurtimizda o'tkazdingiz. Xorijda ham jang o'tkazish rejada bormi?

- Albatta. Maqsadlarimizdan biri aynan nufuzli yo'nalishlarda jang qilish. Bu tez orada amalga oshadi, deb o'ylayman!

- Internetdagi shaxsiy sahifalaringizda kuchli zarbaga ega ekanligingizni ko'p bora etirof etishganini ko'rdim. Ular orasida taniqli bokschilarimiz ham bor. Qolaversa, prof boksdagi barcha janglaringizda nokaut bilan g'alaba qozongansiz. Bu zarba kuchi tug'ma istedodmi yoki mehnat mahsuli?

- Yuqorida aytib o'tganimdek, kuchli tarafim ham aynan zarbamda desam yanglishmagan bo'laman. Har xolda shunday deyishadi-ku (kuladi). Savolingizga kelsak, har ikkisi ham. Qolaversa, buni mehnat orqali yanada takomillashtirish zarur.

- Janglaringizni kuzatib, mashhur bokschi Maykl Grant yodimga tushdi. Yani, u kabi siz ham dastlab ring markazini raqibga topshirasizda, vaqtini kutib bir zarba bilan jang masalasini hal qilasiz. Deyarli barcha janglaringizda shunday. Lekin bu uslubni raqiblar o'rganib olishi ham mumkin. Bu holatga qarshi “B” rejaci ham bormi?

- Bu savolingiz mening jang olib borishimga nisbatan juda to'g'ri yondoshish bo'ldi. Albatta, aksariyat janglardagi uslubim xuddi shunday. Lekin raqibga qarab taktika tanlaymiz. Demoqchimanki, nafaqat “B” balki, V, G, D, E, YO rejalarimiz ham bor (kuladi).

- 91 kg vazn toifasida jang olib borasiz. Aytingchi, yurtimizda sizning vazn toifangizdagiasosiy raqobatchi kim?

- Sog'lom raqobatning bo'lgani yaxshi. Murod Azimovni takidlagan bo'lardim. U bilan ringda raqibmiz. Ring tashqarisida esa, aka-uka. 

- Balki, har bir jang uchun qancha gonorar olishingizni oshkor etarmiz?

- Bu sir bo'laqolsin. 

- Yuqorida Kanelo Alvaresni muxlisiman dedingiz. Gennadiy Golovkin bilan bo'lgan jangdagi durangni adolatli, deb o'ylaysizmi?

- Keling, shunday bo'la qolsin. Axir, hakamlar jangni sizu bizdan yaqinroqada tomosha qilishdiku!

- Demak, ikkinchi jangda ham Saulga muxlislik qilar ekansizda?

- Albatta. Lekin Gennadiy Golovkinga ham hurmatim cheksiz.

- Keling, endi mashhur bokschilar haqida blic savollar beraman. Siz ulardan birini tanlashingiz shart va tanlagan bokschiga izoh berasiz.


Blic savollar:

- Muhammad Ali yoki Jo Frezzer?

- Muhammad Ali. CHunki u Qirol!

- Mayk Tayson yoki Lennoks Lyuis?

- Lyuis. Juda Aqlli bokschi

- Roy Jons yoki Antonio Tarver?

- Jons. Betakror va o'ziga xos bokschi

- Vladimir Klichko yoki Vitaliy Klichko?

- Vladimir. Matonatli bokschi

- Ruslan CHagaev yoki Aleksandr Povetkin?

- Ruslan CHagaev. Vatanimni, xalqimni sevaman

- Nasim Xamit yoki Marko Antonio Barrera?

- Barrera. SHiddatkor bokschi

- Arturo Gatti yoki Oskar Dela Xoyya?

- Gatti. Tarifga til ojiz

- Konstantin Czyu yoki Rikki Xatton?

- Kostya. CHunki u Afsona!

- Floyd Meyvezer yoki Menni Pakyao?

- Pekmen. Tezkor!

- SHohjahon Ergashev yoki Qudratullo Abduqahhorov?

- Har ikkisi. Agar tanlash shart bo'lsa, Qudratullo Abduqahhorov.


Ahmadbek ESHMATOV suhbatlashdi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing