So’nggi yangiliklar

19:02Иккита камарга эришган Ислам Махачев ҳозир нимадан мотивация олаётганини айтди 0 18:30Англия Тухель борасида бир қарорга келди 0 17:53Жон Жонс Усик билан эҳтимолий бокс жанги ҳақида гапирди 0 17:05“Классик” курашчиларимиз Будапештдаги рейтинг турнирида қатнашишмоқда 0 16:32Ислам Махачев қандай қилиб UFC билан шартнома имзолагани ҳақида гапириб берди 0 16:04"Манчестер Юнайтед" Франция терма жамоаси аъзосига 60 миллион евро тўлашга тайёр 0 15:34Гусков билан жанги бекор бўлган Ян Блаховичга янги рақиб берилди 0 15:03Камару Усман Махачевнинг ўрта вазндаги имкониятларини баҳолади 0 14:30Жон Жонс Россия фуқаролигини олиш эҳтимоли ҳақидаги саволга жавоб берди 0 13:54Хабиб отаси Махачевни залдан ҳайдаган лаҳзани эслади 0 13:27Пеленинг ЖЧ-1958 финалидаги либоси жуда қимматга сотилди 0 12:51Камару Усман Ислам Махачев билан жанги нима учун ўтказилмаганини тушунтирди 0 12:23Жастин Гэтжи ESPY мукофотини боксчига бой берди 0 11:58Конор Макгрегор: "Холлоуэй билан жанг "ўтказилмаган" деб топилиши керак" 0 11:26Марадонанинг ЖЧ-1986даги сардорлик боғичи яхшигина суммага сотилди 0

08 iyu 10:53
Yangiliklar

Tennis

Kudermetova ikki g'alaba evaziga The HSBC Championships asosiy to'riga yo'l oldi, Rahimova esa...

Bugun Buyuk Britaniyaning London shahrida tennis bo'yicha WTA 500 toifasiga kiruvchi, mukofot jamg'armasi 1 mln 915 ming dollarni tashkil etuvchi nufuzli turnirning asosiy to'r bahslari start oladi.

Kecha musobaqaning saralash bahslari o'tkazildi. Unda mamlakatimizning birinchi va uchinchi raqamli tennis malikalari Kamilla Rahimova hamda Polina Kudermetova ham o'z omadini sinab ko'rdi. Kudermetova saralashning 2 soatu 5 daqiqa davom etgan 1/2 final uchrashuvida avstraliyalik Pricilla Xonni 4/6, 6/4, 6/3 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Asosiy to'rga yo'llanma taqdim etgan va 2 soatu 1 daqiqa davomiylikka ega final bahsida esa rossiyalik Alina CHaraevadan uch set natijasiga ko'ra ustun keldi - 6/3, 4/6, 6/4.   

Taqqoslash uchun, Polina Kudermetova WTA reytingida 123, Pricilla Xon 143, Alina CHaraeva 130-o'rinni egallab turibdi. Bir kunning o'zida ikki g'alabaga erishgan Kudermetova nufuzli musobaqaning asosiy to'riga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Endi u ertaga, 9 iyun kuni dunyoning 28-raketkasi, chexiyalik Mari Buzkovaga qarshi kortga chiqadi. 

Afsuski, mamlakatizning birinchi raketkasi Kamilla Rahimova saralashning final uchrashuvida mag'lubiyatga uchrab, musobaqadagi ishtirokini yakunladi. Dunyoning 89-raketkasi bo'lib turgan Kamilla roppa-rosa 70 daqiqa davom etgan 1/2 finalda WTA reytingida 214-pog'onadan joy olgan gruziyalik Ekaterina Gorgodzeni 6/2, 6/3 hisobida dog'da qoldirdi. Ammo saralashning final bahsida dunyoning 54-raketkasi, saralash turnirida birinchi raqam ostida tasniflangan germaniyalik Tatyana Mariyaga 4/6, 3/6 hisobida yutqazib qo'ydi.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing