04 noy 08:23
Yangiliklar
Kumushxon Fayzullaeva nufuzli turnirning kumush medaliga sazovor bo'ldi
Tokio Olimpiadasiga qimmatli reyting ochkolarini taqdim qiladigan ushbu turnirda terma jamoamizning ikkinchi vakili ham sovrindorlar qatoridan joy oldi.
-64 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan Kumushxon Fayzullaeva dast ko'tarishda 98 kg, siltab ko'tarishda 120 kg va ikki kurash bo'yicha 218 kilogramm natija bilan musobaqaning kumush medaliga sazovor bo'ldi. Eslatib o'tamiz, musobaqa doirasida yana bir ishtirokchimiz 15 yoshli Nigora Abdullaeva ham kecha shohsupaning ikkinchi pog'onasiga ko'tarilgan edi.
SHu tariqa hamyurtlarimizning ushbu musobaqadagi ishtiroki yakunlandi. Unda ishtirok etgan biri 15, yana biri 17 yoshli qizlarimizning kattalar bilan tengma teng raqobat olib borgani esa alohida taqsinga sazovor.
Fikrlar