So’nggi yangiliklar

11:13Двалишвили Нурмагомедовнинг мағлубиятига битта эмоджи билан муносабат билдирди 0 10:49Ҳумоюн билан жанг қилиши кутилган Мадраҳимов Тошкентга октагонга чиқади + ПОСТЕР 0 10:22Ислам Махачев Нурмагомедовнинг UFC`даги иккинчи мағлубияти ҳақида гапирди 0 09:57Ўзбекистон кубоги. Бугун яна иккита қизиқарли учрашув бор 0 09:23Lausanne Grand Slam 2026. Бугун оғир вазнли дзюдочиларимизга мухлислик қиламиз. Улар орасида Тўрабоев ҳам бор! 0 08:55Умар Нурмагомедов кечаги кутилмаган нокаутига илк бор изоҳ берди 0 08:26Жасурбек "Тайсон" Жўраев бир ҳафтадан кейин Тошкентда жанг қилади + ПОСТЕР 0 07:54"Интер Майами" "Монреаль"ни тор-мор этди. Мессидан покер 0 07:31Оғир вазн келажаги сифатида эътироф этилган Мозес Итаумани чуқур нокаутга учратишди 0 22:32Lausanne Grand Slam 2026. Ўзбекистон терма жамоаси иккинчи кунни ҳам медаль билан якунлади 0 21:11Шоҳсанам Шерзодова ва Нилуфар Зокирова жаҳон чемпионати кумуш медали совриндори 0 20:44Робиньонинг 18 ёшли ўғли "Женоа"га ўтмоқда 0 20:18UFC Fight Night 286 турнирининг бонуслари кимларга насиб этди? 0 19:53Бобуржон Тагиев Mangu 5 турнирида жанг қилади. Рақиб маълум + ПОСТЕР 0 19:19UFC Fight Night 286 турнирининг барча натижалари: Ўнта финишли жанг, Нурмагомедовда нокаут 0

02 avg 12:33
Yangiliklar

Og'ir atletika, Tokio-2020

Kumushxon Fayzullaeva: “Olimpiya chempioni va rekordchisi bo'lmagunimcha aslo to'xtamayman”

Kecha Tokio-2020 olimpiadasining og'ir atletika bo'yicha ayollar o'rtasidagi -76 kg vazn toifasi “A” guruhida hamyurtimiz Kumushxon Fayzullaeva ham ishtirok etib, yakunda 6-o'rinni egallaganidan xabaringiz bor.

Yosh sportchimizning musobaqadagi ishtiroki ijtimoiy tarmoqlarda turli bahs-munozaralarga sabab bo'ldi. Kimlardir uni to'rt yillikning nufuzli musobaqasidagi debyuti bilan olqishlagan bo'lsa, boshqalar dast ko'tarishda so'nggi pog'onani egallagani, siltab ko'tarish mashqida ham raqiblarining omadsizligi unga qo'l kelganligini takidlab, atletimizning chiqishini qoniqarsiz baholashmoqda. Xo'sh, aslidachi?!

Kumushxon hali juda yosh, endigina 19ga to'ldi. Og'ir atletika sportida bu yoshida kamdan-kam sportchi Olimpiya o'yinlarida ishtirok etgan. Kechagi bahsda u o'z vazn toifasidagi eng yosh ishtirokchi bo'ldi.

2018-yili Argentinada o'tkazilgan uchinchi o'smirlar yozgi Olimpiya o'yinlarida Fayzullaeva -63 kg vazn toifasida oltin medalga sazovor bo'lgan. O'shanda Kumushxon atigi 16 yoshda edi. Hozir esa 19ga kirdi, yani ayni o'sadigan, rivojlanadigan yoshda.

Tabiiyki, bu yoshda har qanday sog'lom insonning bo'yi o'sadi, vazni esa ortadi. SHunday ekan, K.Fayzullaeva o'smirlar o'rtasidagi musobaqada qatnashgan vaznini kattalar o'rtasidagi musobaqada ham saqlab qolishi amri mahol.

Qolaversa, sportchimiz hozir musobaqalarda asosan -71 kg vazn toifasida ishtirok etib kelayotgan edi. Xalqaro og'ir atletika federaciyasi qaroriga ko'ra, ayollar quyidagi vaznlarda musobaqalashadi: -45 kg, -49 kg, -55 kg, -59 kg, -64 kg, -71 kg, -76 kg, -81 kg, -87 kg hamda +87 kg. SHulardan Olimpiya o'yinlari uchun quyidagi vazn toifalari tanlab olingan: -49 kg, -55 kg, -59 kg, -64 kg, -76 kg, -87 kg hamda +87 kg.

Xo'sh, Kumushxon qaysi vaznda ishtirok etishi kerak edi. -64 kgga tushish ayni paytda sportchimiz uchun deyarli imkonsiz ish, -71 kg esa Olimpiya o'yinlari dasturiga kiritilmagan. Boz ustiga sportchimiz yana-da o'sishini inobatga olgan holda murabbiylar uni -76 kg vazn toifasiga yo'naltirdi (ajab emaski, Parij-2024da ham u ayni shu vaznda qatnashsa).

O'zidan katta, tajribali opalari bilan kurashda garchi hamyurtimizning omadi chopmagan bo'lsa-da, Tokio-2020 olimpiadasi Fayzullaeva uchun katta tajriba maktabi vazifasini o'tadi. Bu esa unga kelgusi musobaqalarda qo'l kelishiga shubha yo'q.

-  Maqsadim, Olimpiya o'yinlari g'olibi bo'lib, O'zbekiston bayrog'ini yuqoriga ko'tarish va madhiyasini yangratish. Ushbu maqsadimdan aslo qaytmayman. Ko'pchilik qiz bola ekanligim, turmushga chiqib, oila qurishim kerakligini aytishadi. Hali yoshman va bunga nasib qilsa erishaman. Tokio-2020 men uchun juda katta maktabi bo'ldi. Endi 2024-yili Parijda bo'ladigan Olimpiya o'yinlarida ham qatnashib, ona Vatanim bayrog'ini yuqoriga ko'tarish uchun astoydil harakat qilaman. Asosiy maqsadim, olimpiada rekordini yangilab, O'zbekiston nomini tarixga muhrlash. Agar Parijda chempion bo'lsamu, lekin rekordni yangilay olmasam, maqsadimni keyingi Olimpiadada albatta amalga oshirishga harakat qilaman, - dedi biz bilan suhbatda istedodli sportchi qizimiz.

Reyting:    

Fikrlar

   
03 avg 09:26:24
Durimov Ro'zimboy
Omad singlim, kelajakda sportimiz fahri bo‘lgin, Ruslan Nuriddinov dek olimp recordchisi bo‘lgin, Muattarga ham omad undan ham kelajakda oltin medallar kutib qolamiza
   
03 avg 01:36:37
Azizjon Saidboev
Унча мунча эркак киши килолмайдиган ишни килди отанга балли. Омадингни берсин синглим.
   
02 avg 14:01:45
Artur7001
Қиз бола бўлса ҳам эркакни гапини гапирибди. Анави нонполвонлардан яхши экан.
   
02 avg 13:50:12
Raul gonzales 7
Ogir Atletikada yaxshi bollar bor faqat vaqt tajriba va shu o'sishda davom etib faqat bitta yo'nalishni o'zlashtirmay 2 ta yonalishni o'zlashtira olganda medal olardik mayli haqiqatda yosh ogir atletikachila keyingi olimpiadaga har bir vaznda olimpiadaga litsenziya olish kerak Xudo hohlasa ertaga Akbar Jo'rayev Olimpiadadagi 3 medalimizni olib keladi Kumush kutyapman Lekin Oltin bolsa zo'r bo'lardi
   
02 avg 12:50:32
Abdu'ani Abdulloh
Qattiyatiga balli,harakatdan to'htama singlim,nasib qilsa niyatinga erishasan inshaalloh
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing