10 iyu 18:47
Yangiliklar
Kumushxon Fayzullaeva – O'zbekiston tarixida og'ir atletika bo'yicha jahon chempioni bo'lgan ilk ayol sportchi!
Bir necha daqiqa oldin qizlar o'rtasida -63kg vazn toifasidagi bahslar yakunlandi. Unda yurtimiz sharafini himoya qilgan Kumushxon Fayzullaeva bir yo'la uchta medalga ega chiqdi. Hamyurtimiz dast ko'tarishda 94 kg. tosh ko'tardi va bronza medalini qo'lga kiritdi. Siltab ko'tarishda esa 120 kg. og'irlikni o'ziga bo'ysundira olgan Kumushxon oltin medal sohibasiga aylandi. Umumiy hisobda 214 kg. natija ko'rsata olgan Kumushxon Fayzullaeva ikkikurash yakunlariga ko'ra ham oltin medalga sazovor bo'lib, jahon chempionligini tantana qildi.
Eslatib o'tamiz, ikki kun avval musobaqada yigitlar o'rtasida -62 kg. vazn toifasida Adhamjon Ergashev har uchchala yo'nalishda (dast ko'tarish, siltab ko'tarish va umumiy natija) oltin medalga sazovor bo'lib, yoshlar o'rtasida jahon chempionligiga erishgandi.
Fikrlar