01 apr 07:46
Yangiliklar
Og'ir atletika
Kumushxon Fayzullaeva yana bir bor chempionlikni qo'lga kiritdi
CHirchiqdagi O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining manejida og'ir atletika bo'yicha kattalar o'rtasidagi mamlakat chempionati qizg'in davom etmoqda, deb xabar bermoqda MOQ.
Ayollar o'rtasida kechgan so'nggi 2 vazn toifasidagi chiqishlar muxlislarni befarq qoldirmadi.
-59 kilogrammda Muattar Nabieva, -64 kg vaznda esa Kumushxon Fayzullaeva, kutilganidek, yana bir karra chempionlikni qo'lga kiritishdi. Natijalar esa quyidagi ko'rinishda bo'ldi:
Erkaklar:
-67 kg: Azamat Ramazonov (Toshkent viloyati) – 265 kg (120 kg + 145 kg)
Ayollar:
-59 kg: Muattar Nabieva (Andijon) – 212 kg (95 kg + 117 kg)
-64 kg: Kumushxon Fayzullaeva (Navoiy) – 209 kg (90 kg + 119 kg)
Eslatib o'tamiz, avvalroq Kumushxon Fayzullaeva AQSHning Las-Vegas shahrida o'tkazilgan o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatida uchta oltin medalga sazovor bo'lgan edi.
Havola :
Manba : uza.uz
Fikrlar