So’nggi yangiliklar

18:57Махачевнинг мураббийи Исламнинг ММАдан кетишидан олдин кимлар билан жанг қилишини кўришни исташини ошкор қилди 0 18:21Англия Лига кубоги 1/4 финал қуръаси натижалари маълум бўлди 0 17:43Фёдор Емельяненко: "Дана Уайт фаолиятимни бўғиб қўймоқчи эди" 0 17:05"Менинг камаримни олиб қўйишди". Чимаев Стрикланд билан жангдаги мағлубиятини яна тан олмади 0 16:38III Ёшлар Олимпиадасида иштирок этадиган Қозоғистон делегацияси таркиби эълон қилинди 0 15:56"Барселона" Испаниядаги йирик темир йўл ҳалокатига муносабат билдирди 0 15:19Guangzhou Open. Тимофеева рейтингда 405-поғонада бораётган 16 яшар қизчага ютқазди 0 14:45Арман Царукян турнирнинг асосий жанги иштирокчиси бўлади + ПОСТЕР 0 14:04Мэтт Браун: "UFC Махачевга зарба бермоқчи" 0 13:27ОФК “Нефтчи” футболчисини икки ўйинга четлатди ва жаримага тортди 0 12:41Abu Dhabi Grand Slam 2026 бошланмоқда. Бугун Диёра ва яна тўрт дзюдочимиз баҳсларга киришади 0 12:08Фёдор Емельяненко: "Худога шукур, умримда бирор марта ҳам кўчада уришмадим. Можаролар оғзаки ҳал қилинган" 0 11:30"Президент Олимпиадаси"нинг илк куни 10 та вазн тоифасида ғолиблар аниқланди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 10:59А Серия. "Ювентус" ютқазди, "Наполи" меҳмонда 4 та гол урди 0 10:17Бектемир яна кутадиган бўлди. Мунгия расман рус боксчисига қарши жанг ўтказади 0

14 sen 13:54
Yangiliklar

Boks/MMA

Kunkabaev faoliyatini yakunlashi mumkinligiga ishora qildi

Bahodir Jalolovning azaliy raqibi qozog'istonlik Qamshibek Kunkabaev professional ringdagi kelgusi rejalari bilan o'rtoqlashdi.

— Qamshibek, professional faoliyatingizda qanday o'zgarishlar bo'lmoqda? Yaqin vaqt ichida qanday yangiliklar kutishimiz mumkin?

— Professional faoliyatimga kelsak, o'zingizga malum, men ikki oyga Angliyaga tayyorgarlik ko'rish uchun borgandim. Hozircha takliflarni kutyapman. Aytishim mumkinki, boshqacha fikrlar ham paydo bo'lmoqda va Xudo xohlasa, to'plagan tajribam va yutuqlarim bilan yurtimga xizmat qilish istagi ham bor — shunday o'ylar ham yo'q emas.

— Professional boksdagi takliflarni kutyapsiz, shundaymi?

— Ha, xuddi shunday.

— Takliflar kelib qolishi ham mumkin.

— SHunga umid qilyapman. 


Konkabaevning asosiy yutuqlari — 2020 yilgi Tokio Olimpiya o'yinlarining bronza medali hamda superog'ir vazn toifasidagi jahon chempionatlarining ikki karra kumush medali (2017, 2019). Qita miqyosida Qamshibek Osiyo chempionatining to'rt karra kumush medali sovrindori (2017, 2019, 2021, 2022) maqomini qo'lga kiritgan va 2019 yilgi Butunjahon harbiy o'yinlarida oltin medalni qo'lga kiritgan. U 2020 yil 23 avgustda MTK Kazakhstan menejerlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolab, professional boksga o'tgan edi. Olmaotada bo'lib o'tgan debyut jangida Qozog'iston terma jamoasining 28 yoshli sobiq sardori og'ir vazn toifasida ringga chiqib, vatandoshi Isa Akberbaev ustidan texnik nokaut evaziga muddatidan oldin g'alaba qozongan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing