So’nggi yangiliklar

18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0 11:35Бектемир Меликўзиев чемпионлик жангидан четда қолди(ми?) Хайме Мунгиянинг кейинги рақиби ва жанг санаси эълон қилинди 0

02 jan 07:03
Yangiliklar

Kurash

Kurash bo'yicha 2024 yilning eng yaxshilari etirof etildi

Teglar :  Kurash
Azaliy qadriyatlarimizning muhim bo'g'ini bo'lgan milliy sportimiz kurashning xalqaro maydonda keng rivojlanishi va ommalashishida 2024 yil muhim davr bo'lib tarixdan joy olmoqda.

Ota-bobolarimizdan meros ulmas qadriyatimizning sport turi maqomiga ko'tarilishi asnosida 2025 yilgi Islom birdamlik o'yinlari kabi nufuzli sport infratuzilmasidan joy olishida, dunyoning o'nlab mamlakatlarida turli xalqaro kurash musobaqalari va seminarlari tashkil etilishida O'zbekiston kurash federaciyasi mutaxassislari, murabbiylari, ekspertlarining alohida o'rni bo'lganligi bor gap.

Kuni kecha O'zbekiston kurash federaciyasi 2024 yil mobaynidaga xalqaro musobaqalar, turnirlar va chempionatlar sarhisobiga ko'ra, yilning eng yaxshilari ro'yxatini elon qildi.

Unga ko'ra, joriy yil Eron Islom Respublikasining Tehron shahrida o'tkazilgan Osiyo chempionatida, Qozog'istonning Ostona shahrida o'tgan Butun jahon ko'chmanchilar o'yinlarida, Jahon professionallar seriyasi xalqaro turnirida g'oliblikka erishgan Otabek Hasanov yil kurashchisi nomiga loyiq sazovor bo'lgan bo'lsa, faxriylar o'rtasidagi respublika turnirida, “Prokuror polvoni” musobaqasida, Mo'g'uliston davlatida faxriylar o'rtasida o'tkazilgan Jahon chempionatida g'oliblik shohsupasiga ko'tarilgan Ulug'bek Ismoilov yilning faxriy kurashchisi nomiga loyiq ko'rildi.

SHuningdek, qator turnirlar, chempionatlar g'olibi Hilola Ortiqboeva yil ayol kurashchisi, SHohmurod SHomurodov va Mubinabonu Karimova yilning umidli yosh kurashchilari sifatida etirof etildi.

Yilning eng yaxshi murabbiylari nomiga mamlakat terma jamoasi bosh murabbiyi Rizamat Soliev va shogirdlari O'zbekiston chempionatlari va kuboklarida,  jahon va qita chempionatlarida shoda-shoda medallarni qo'lga kiritgan mahoratli murabbiy Manzura Tursunova sazovor bo'ldi.

Malakali kurash hakamlari Gulmira Ismatova va Iskandar Muxammatov yil hakamlari sifatida talqin etilgan jarayonda, respublika chempionatlarini yuqori saviyada tashkil etganligi, mamlakatimizda birinchi kurash mahorat maktabi faoliyatini yo'lga qo'yganligi uchun Xorazm viloyati kurash federaciyasi yilning eng faol hududiy federaciyasi sifatida sharaflandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing