So’nggi yangiliklar

19:00Усикнинг қачон рингга қайтиши айтилди 0 18:33Нурмагомедов мағлубиятидан сўнг UFC рейтингида пастлади 0 17:59МЮ Бруну Фернандешни энг кўп маош олувчи ўйинчисига айлантиришга тайёр 0 17:30Богдан Гусков Нурмагомедовнинг UFC`даги иккинчи мағлубиятига муносабат билдирди 0 16:57UFC 332 турнирининг асосий жанги Шевченко иштирокида кечади 0 16:27Усик ўзининг камари учун кечган Итаума - Хргович жангига муносабат билдирди 0 15:52Ямаль кучли бешлик лигаларининг рекордини янгилади 0 15:23Самарқанд мезбонлик қиладиган FIDE Chess Olympiad 2026 стартига икки ҳафта қолди 0 14:50Хитой "Челленжер"ида ўзбек дербиси бўлиб ўтди 0 14:19O’Мэлли: "Сонг – Мераб учун катта муаммо, уларнинг жангини кўришни истайман" 0 13:47"Челси"нинг икки футболчиси "Тоттенхэм"га ўтмоқда 0 13:18Қатар Осиё чемпиони бўлган қитъа биринчилигида Ўзбекистон терма жамоаси нечанчи ўринни эгаллади? (+ФОТО) 0 12:46Ҳасанбой Дўсматов янги менежерлик компанияси билан шартнома имзолади + ФОТО 0 12:14Хавьер Мендес Нурмагомедовнинг нокаути ҳақида: "Ёнида бўлишим керак эди" 0 11:45Жек Грилиш яна ижарага кетмоқда 0

06 avg 18:09
Yangiliklar

Kurash

Kurash bo'yicha Osiyo chempionati yakunlandi: O'zbekiston terma jamoasi barcha yosh toifalarida tengsiz!

Teglar :  Osiyo chempionati
30 iyul - 4 avgust kunlari oralig'ida Koreya Respublikasining Goesan shahrida kurash bo'yicha qita birinchiligi o'tkazildi.

Xalqaro Kurash associaciyasi va Osiyo Kurash konfederaciyasi taqvimidagi ushbu chempionat kattalar, yoshlar va o'smirlar o'rtasida tashkil etildi. Musobaqaning dastlabki kunida o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi bahslar o'tkazildi. Unda qitamizning 25 ga yaqin davlatidan kelgan yosh polvonlar gilam ustida mahorat sinashdi. 

Natijalarga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida 36 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza — jami 39 ta medal bilan mutlaq etakchilik qildi. 

3 avgust kuni kattalar o'rtasidagi bahslarda Osiyoning eng kuchli polvonlari 8 ta vazn toifalarida bahslashishdi. O'zbekiston sportchilari bu kuni ham 4 ta oltin va 2 ta bronza bilan etakchilikni davom ettirishdi. 4 avgust kuni chempionatning final pallasi bo'lib o'tdi. Kattalar o'rtasida yana 8 ta vazn toifasida g'oliblar aniqlandi:

O'zbekistonlik kurashchilar 4 ta oltin medal bilan chempionatdagi umumiy ustunligini saqlab qolishdi. Yakuniy medallar jamg'arish bo'yicha kurash vatani vakillari jami: 53 ta, shundan 45 tasi oltin, 5 kumush va 3 ta bronza medallari bilan birinchi o'rinni qo'lga kiritdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing