29 apr 10:17
Yangiliklar
Kurash

Kurash bo'yicha Osiyo chempionatining ilk kuni 6 ta medal qo'lga kiritdik
Xitoyning Xangjou shahridagi "Xioshan Linpu Gimnasium" sport saroyida Kurash bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionatining birinchi kunga bahslari ortda qoldi.
Musobaqaning dastlabki kunida 8 ta vaznda bahslar bo'lib o'tdi. Unda erkaklar, -66 kg, -81 kg, -90 kg, +100 kg ayollar -57 kg, -63 kg, -70 kg, +87 kg vazn toifalarida 19 ta mamlakatdan 80 dan ortiq kurashchilar kuch sinashdi.
O'zbekiston terma jamoasi birinchi kungi bellashuvlar yakunida 3 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza medani qo'lga kiritdi.
Oltin medallar:
-66 kg Artyom SHturbabin
-90 kg Javohir Mirzamurodov
+100 kg Muhsin Xisomiddinov
Kumush medal:
-57 kg Agajanova Ibodatxon
Bronza medallar:
-63 kg Kadirberganova Muxlisaxon
+87 kg Marjona Ro'zieva
Bugun 7 ta vaznda 4 ta ayollar (48, 52, 78, 87 kg), 3 ta erkaklar (60, 73, 100 kg) gilamga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar