So’nggi yangiliklar

18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0 11:35Бектемир Меликўзиев чемпионлик жангидан четда қолди(ми?) Хайме Мунгиянинг кейинги рақиби ва жанг санаси эълон қилинди 0

10 iyu 19:11
Yangiliklar

Kurash

Kurash bo'yicha yana bir xalqaro turnir oldidan matbuot anjumani tashkil etildi

Teglar :  Kurash
Bugun Milliy matbuot markazida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 4 noyabrdagi «Kurash milliy sportini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarori ijrosini taminlash maqsadida xorijiy davlatlarda kurash bo'yicha xalqaro turnirlarni o'tkazish va kurashni keng targ'ib etish borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.


Quvonarlisi, joriy yildan bunday xalqaro musobaqalar soni ortmoqda. Bunga Germaniyaning Frankfurt hamda Bolgariyaning Burgas shaharlarida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o'tkazilgan musobaqalarni misol keltirish mumkin.

Ana shunday musobaqalarning navbatdagisi joriy yil 25-26 iyun sanalarida Turkiyaning ko'hna Istanbul shahrida tashkil etiladi. Prezident sovrini uchun o'tkazilayotgan mazkur xalqaro turnir oldidan O'zbekiston Milliy matbuot markazi binosida matbuot anjumani o'tkazildi.

Unda O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi Kurash milliy sport turini rivojlantirish bo'limi boshlig'i Kamol Usmonov, O'zbekiston kurash federaciyasi bosh mutaxassisi Olimjon Hayitov hamda federaciyaning ayollar bilan ishlash bo'yicha mutaxassisi Zarnigor Yusupova ishtirok etib, jurnalistlarni qiziqtirgan ko'plab savollarga atroflicha javob berishdi.

Anjumanda kurashni dunyo miqyosida keng targ'ib qilish, uni Olimpiya o'yinlari oilasiga kiritish yo'lida amalga oshirilayotgan ishlar va mazkur jarayonda ushbu xalqaro turnirlar muhim ahamiyat kasb etishi alohida etirof etildi.

Biz so'nggi vaqtlarda kurash bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o'tkazilayotgan xalqaro turnirlarni bejizga Evropa mamlakatlarida o'tkazishga harakat qilmayapmiz. CHunki, 2023 yilda Polshaning Krakov shahrida bo'lib o'tadigan III Evropa o'yinlarida kurashni ko'rgazmali chiqishini namoyish etish harakatidamiz. Bu jarayonda kurashning Evropa davlatlarida qanchalik ommalashgani muhim ahamiyat kasb etadi. Kurashimizning Evropa o'yinlari dasturiga kiritilishi esa o'z-o'zidan uning Olimpiya o'yinlari sari tashlangan muhim qadam bo'ladi, — dedi Kamol Usmonov.

Joriy yil 25-26 iyun kunlari o'tkazilishi rejalashtirilgan musobaqa ham aynan Turkiyada tashkil etilayotganligi bejiz emas. «Oltin ko'prik» nomini olgan Istanbul musulmon shaharlarining eng ko'zga ko'ringan hamda turkiy xalqlarning milliy qadriyat va urf-odatlari birdek ulug'lanadigan maskanlardan biridir.

Matbuot anjumanida kurash milliy sportini yurtimiz bo'ylab ommalashtirish va xalqimiz orasidan yosh, istedodli sportchilarni kashf etish hamda tarbiyalash borasida faxriy sport jurnalistlari tomonidan takliflar berildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing