So’nggi yangiliklar

18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0 11:35Бектемир Меликўзиев чемпионлик жангидан четда қолди(ми?) Хайме Мунгиянинг кейинги рақиби ва жанг санаси эълон қилинди 0 11:04Тони Кроос мураббийлик фаолиятини бошлаши мумкин 0

25 apr 20:06
Yangiliklar

Kurash

Kurash faxriylariga ehtirom ko'rsatildi

Teglar :  Kurash
Milliy sportimiz kurashning xalqaro maydonga chiqishi va uning zamonaviy qonun-qoidalari yaratilishida bundan 30 yillar muqaddam navqiron sportchilar bo'lib davra aylangan, bugunda faxriylik gashtini surayotgan nuroniy polvonlarning xizmatlari beqiyos.

Bu haqda poytaxtimizdagi “Citi Palase” mehmonxonasida O'zbekiston kurash faxriylari kengashining birinchi tasis konferenciyasi va uning doirasida o'tgan “Uch avlod uchrashuvi”da mamlakat kurash federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari, zamonaviy kurash qonun-qoidalari muallifi Komil Yusupov takidladi.

Haqiqatan shunday. Ota-bobolarimizdan meros kurashning sport turi sifatida qad rostlashida, ne-ne davrlar silsilasidan omon o'tib, bugungi kunlarga etib kelishida xalq o'rtasida katta obro'ga ega bo'lgan faxriy polvonlarning mehnatlari etiborga munosib.

Konferenciya davomida shu haqda so'z bordi. Nuroniylarning bilim va boy hayotiy tajribasidan yoshlar manaviyatini yuksaltirish, ularda vatanparvarlik ruhini mustahkamlashda samarali foydalanish bugungi kunning muhim omillaridan biri ekanligi etirof etildi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahar va barcha viloyatlardan faxriy kurashchilar, otaxon polvon bobolar, mutasaddi tashkilot vakillari ishtirok etgan konferenciyada 13 kishidan iborat O'zbekiston kurash faxriylari kengashi tuzildi, uning azolari saylandi.

Qizg'in muloqot tarzda o'tgan suhbat davomida milliy sportimizning tirik afsonasi bo'lgan otaxonlar, faxriy polvonlar o'z davridagi kurashlar, polvonlar, xalq o'yini bo'lgan kurashning zamonaviy sport turi bo'lishi, qonun-qoidalari yaratilishi, xalqaro sport maqomiga ko'tarilishi haqida so'zlab berishdi. 

Kurashning jahon sportiga aylanishi, bu yo'lda amalga oshirilgan ishlarning tarixiy ahamiyat kasb etishini bildirib, davlatimizning xalqaro sport olamidagi etibori, yurtimizda ommaviy sportni rivojlantirish borasidagi ishlar ko'lamiga yuqori baho berishdi.

Tadbir yakunida O'zbekiston kurash federaciyasi tomonidan faxriy polvonlar maxsus sertifikat va guvohnomalar bilan taqdirlandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing