So’nggi yangiliklar

19:05Ёқубов реванш учун Гаирбековга ўз гонорарини беришга ҳам тайёр 0 18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0

02 dek 17:55
Yangiliklar

Kurash

Kurash federaciyasining Toshkent viloyati bo'linmasiga yangi rahbar saylandi

Teglar :  Kurash
Bugun Nurafshon shahrida O'zbekiston kurash federaciyasining Toshkent viloyati bo'linmasi hisobot-saylov konferenciyasi bo'lib o'tdi.

Unda milliy sportimizning viloyatdagi rivoji, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 oktyabrdagi “Kurash” milliy sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarorining ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi. Mutasaddilar yakunlanib borayotgan sport mavsumi bo'yicha hisobot berishdi.

Toshkent viloyati o'zining nomdor polvonlari, yuqori sport salohiyati bilan boshqalardan ajralib turadi. Yig'ilishda ayni jihatga alohida etibor qaratilgan holda tobora dunyo sportiga aylanib, xalqaro maydonlarda yurtimizning faxri va g'ururi sifatida gavdalanayotgan Kurash bo'yicha musobaqalarda Toshkent viloyati sportchilarining ishtirokini taminlash, viloyatda kurash milliy sport turining ommaviyligini oshirish va yoshlarning ushbu sport turi bilan shug'ullanishlari uchun etarlicha sharoitlar yaratib berish ustuvor vazifalardan ekanligi takidlandi.

Konferenciyada tashkiliy masala ko'rib chiqildi. Unga ko'ra, Toshkent viloyati prokurori Salom Ismatovich Samadov O'zbekiston kurash federaciyasining Toshkent viloyat bo'linmasi raisi etib saylandi. SHuningdek, raisning sport masalalari bo'yicha birinchi o'rinbosari lavozimiga Toshkent viloyati IIBB YHXB boshlig'i Baxtiyor Kabilovich Nigmanov,  Moliya-iqtisod masalalari bo'yicha o'rinbosar lavozimiga “AgrotexinvestTrayd” MCHJ bosh menejeri Qahramon Usmonovich Usmonov va Tashkiliy va ijro masalalari bo'yicha o'rinbosar lavozimiga Toshkent viloyati prokurorining katta yordamchisi – Akbarov SHarifjon Ismanovichlar saylandilar.

Yig'ilishda zamonaviy kurash qoidalari muallifi, Kurash Xalqaro Associaciyasi asoschisi, O'zbekiston kurash federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari Komil Yusupov ishtirok etdi. Konferenciya yakunida amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

O'zbekiston kurash federaciyasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing