So’nggi yangiliklar

23:59"Номзодлар турнири". Жавоҳир Синдаров муваффақиятли серияни давом эттирмоқда 0 18:44"Барселона" ярим ҳимоячисини йўқотди 0 18:23Допинг туфайли ғалабасидан айрилган ва камига четлатилган қозоғистонлик UFC жангчиси баёнот билан чиқди 0 18:02Шоҳасан Мирзаматов мухлисларга мурожаат билан чиқди (ВИДЕО) 0 17:41Отабек Умаров: "Марафонда қатнашган ва уни юқори савияда ташкил этганларга раҳмат" 0 17:20Роналдиньо: "Ямал ақл бовар қилмайдиган ишларни бажаряпти” 0 16:59Осиё чемпионати. Боксчи-йигитларимиз Марказий Осиё дербиларида ғалаба қозонишди 0 16:38Бокс бўйича Ўзбекистон чемпиони Қозоғистон терма жамоаси сафида дебют қилди 0 16:17Рустам Ассакалов Осиёда 2025 йилнинг энг яхши юнон-рум кураши мураббийи деб топилди 0 15:56ПСЖ Мартинелли учун курашга қўшилди 0 15:35Марказий жанги Двалишвили - Сехудо бўлган RAF 8 турнирининг тўлиқ карди эълон қилинди 0 15:14Шаҳрам Ғиёсов - Жек Кеттерол чемпионлик жанги учун расмий постер тақдим этилди + ФОТО 0 14:53Хабиб "Атлетико" - "Барселона" ўйинига ташриф буюрди ва мадридликлардан совға олди + ФОТО 0 14:32Суперлига 6-турида ишлайдиган ҳакамлар эълон қилинди. "Нефтчи" - "Пахтакор" ўйинини ким бошқаради? 0 14:11Қизиқ! Дерек Чисора аниқ зарбалар сони бўйича Деонтей Уайлдерни ортда қолдирди 0

20 dek 12:13
Yangiliklar

Kurash

Kurash fidoyisi Komil Yusupovni tabriklaymiz

Teglar :  KurashKomil Yusupov
Bu insonning o'ta talabchanligi, odddiy masalalarga ham qatiy sinchkovlik bilan yondoshishi, ayniqsa Kurash masalasidagi har qanday holatga “xayot-momot” darajasida etibor berishini “bazilar” uning “shaxsiy manfaati” sifatida xushlamay qabul qilishadi.

Aslida ham shunday. Kurash bu inson uchun shaxsiy masaladan ham ustunroq hisoblanadi. Kurash bizning, uning ota-bobolaridan qolgan bobomeros qadriyat. Yanayam etiborli jihat, aynan unga O'zbek xalqining azaliy qadriyati bo'lgan Kurashning zamonaviy sport qonun-qoidalarini ishlab chiqish baxti musharraf bo'ldi. Aslida o'sha bazilarning, xattoki bizning ham “rashkimiz”ga uning shunday tarixiy baxtga  musharraf bo'lgani. Nega biz emas?!...

To'g'ri, kurash bo'yicha musobaqalar o'sha ota-bobolarimiz davrida, qisman sizu biz yashagan olvonli sovetcha paytlarda ham musobaqalar bo'lardi. G'oliblar aniqlanardi. Ammo, lekin, biroq... tatami yoki “kavyor”(gilam)dagi “olishuv”larning tartibiyu baholanishi “xushtak”lar bilan boshqarilardi. Alam qilardi. Xudo raxmat qilgur amakilarim “kavyor” alamini to'y sayllarda “Qachon kurashda xalolik, qoida bo'larkan”, deya avval bir-biridan, keyin bizdan olardi. Elkamiz yag'ir bo'lib chim maydonning tuprog'ini “yalagan” kunlarimiz ko'p va xo'p bo'lgan. Endi bu tarix. 

Endi kurashning qonun-qoidasi bor. Xo' shu, ola-tasir davrlarning changiyu g'uborini yutib katta bo'lgan polvon, Qashqayu Surxon, Samarqandu Buxoro to'ylariga xovur kiritgan “kichkina qoracha”ning(to'ylardagi nomi) erta bir kun dunyo yakkakurash sport tarixida bugun Xarlampievu Kanalar qatoridan joy olgani kimlargadir erish tuyular balki... SHukurki polvonlik amalini qalban his etganlarga emas.

Bildingiz, gap kim haqida ketayotganligini. KOMIL YUSUPOV haqida. Bobomeros qadriyatimiz Kurashning zamoniviy sport qoidalarini yaratgan inson xususida. 


Bugun Komil Yusupovning to'g'ilgan kuni. Payg'ambar yoshi. Dunyoga O'zbekning kurashini sport turi sifatida olib chiqishga bosh-qosh bo'lgan, uning zamonaviy sport terminalogiyasini yaratgan INSONNING to'g'ilgan kuni. U mening qarindoshim yoki amakimning do'sti, tog'amning jiyani emas. Oddiy manoda ustozim. Yaratganning hohish irodasi bilan shogirdlik martabasiga erishishga muyassar bo'lganmiz.

Aslida Komil Yusupovning ming-minglab shogirdlari dunyoga O'zbek sporti kurash bayrog'ini ko'targan holda tarqab ketgan. Ular orasida yuzlab millatu elat vakillarini uchratishingiz mumkin. Ular ustozlari timosolida kurashni, O'zbekistonni dunyoga targ'ib etib kelishmoqda. SHu manoda, USTOZ tom manoda millatimiz, davlatchiligimiz, milliy qadriyatlarimiz, O'ZLIGIMIZning milliy targ'ibotchisidir.

O'zbekiston Respublikasining Mustaqilligi davrida mamlakatimizning minglab fidoyi insonlari, o'z sohasining bilimdonlari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Etirof etildi. Bu yaxshi. Ular qatori Komil Yusupov ham mukofotlarga sazovor bo'ldi. Ammo, Komil Yusupovning o'sha mukofotlardan ham ulug' mukofoti bor: Bu, bobomeros kurashimizning zamonaviy qoidalarini ishlab chiqib, uni zamonaviy sport turlari darajasiga chiqarishi ortidan xalqimiz bergan oddiy, lekin ulug'vor mukofot “Kurash fidoyisi”, unvonidir.

Etibor berganmisiz jahonda, mamlakatimizda o'tkazilayotgan sport turlari bo'yicha musobaqalarga. Har birinining o'z qoidasi, libosi va albatta terminalogiyasi bor. Bu qonun-qoidalar qaysidir millat vakillari, jamoalari tomonidan ishlab chiqilgan. Kurash qonun-qoidalari, uning xalqaro terminalogiyasini esa sizu bizning zamondoshimiz, kurashimiz bilimdoni Komil Yusupov ishlab chiqqan va tadbiq etgan. 

Bugun (1992 yilan beri) nafaqat O'zbekistonda, balki jahon miqyosida o'tkazilayotgan kurash sport turi musobaqalari aynan Komil Yusupov tomonidan ishlab chiqilgan xalqaro kurash qoidalari va kurash formasi(O'zbekiston bayrog'idan andoza olingan yaktak ranglari)da o'tkazilayotganligi barchamizga kundek ravshan. Aynan ushbu kurash qoidalarida ming-minglab dunyo yoshlari mamlakat, jahon va Osiyo o'yinlari chempionligiga erishmoqda. Xususan O'zbekistonda ham. SHuning o'zi bir vatandoshimiz timsolida dunyodagi intellektual salohiyatimizning yuksakligidan dalolat emasmi?! 

Odamlarni yaxshilik sari boshlaydigan birgina harakat million marta qilingan toat-ibodatdan avzalroqdir, deya lutf etgan edi ulug' allomalarimizdan biri. SHu manoda, Komil Yusupov O'zbek sporti kurashning zamonaviy qonun-qoidalarini yaratib, uni jahon sporti sifatida etirof etilishiga munosib xizmat qilgan INSON. Jahonning ming-minglab yoshlarini kurash harakati bilan birlashtira olgan zahmatkash murabbiy hisoblanadi Komil Yusupov.

Ustoz, xalqimiz va mamlakatimiz oldidagi xizmatlaringiz bardavom bo'lsin.

Kurashimizning sport maydonlarida mardonavorlik ko'rsatayotganligi barchamizga abadul-abad g'urur bag'ishlab turaversin, ilohim.


Tahririyat va shogirdlar nomidan To'lqin RO'ZIEV

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing