15 apr 11:01
Yangiliklar

Kurash Greciyadagi Xalqaro sport Kongressida taqdimot qilindi
Greciya Sport vazirligi, Talim vazirligi Milliy Olimpiya qo'mitasi tashabbusi bilan “Sportchilar uchun milliy reja” 1-Xalqaro Kongressi tashkil etildi.
Kongress xalqaro seminar, Xalqaro va Milliy sport federaciyalarining ko'rgazmasi va rasmiy uchrashuvlar tarzida bo'lib o'tdi.
Kongress davomida Evropa Kurash Konfederaciyasi Prezidenti janob Merabi Iliades tomonidan Greciya va Evropada Kurash sporti va boshqa jang sanatlarini rivojlantirish mavzusida maruza qilindi.
Ko'rgazma kunlari davomida esa Kurash Sporti pavilionida Kurash yaktaklari, bukletlar, banner va Kurash taqdimotiga bag'ishlangan film namoyish qilindi.
Kurash sporti pavilioniga tashrif buyurgan Evropa Olimpiya Qo'mitasi Prezidenti janob Spiros Kapralos va Greciya Parlamenti, Sport va talim vazirligi rahbarlariga Kurash sporti haqida batafsil malumot berildi.
Fikrlar