So’nggi yangiliklar

19:05Ёқубов реванш учун Гаирбековга ўз гонорарини беришга ҳам тайёр 0 18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0

25 jan 18:40
Yangiliklar

Kurash

Kurash. Navoiyda O'zbekiston chempionati yakunlandi

Teglar :  Kurash
Navoiy shahridagi NKMK sport majmuasida uch kun davomida kurash bo'yicha O'zbekiston chempionati bellashuvlari o'tkazildi.

Joriy yilgi sport mavsumini ochib bergan musobaqada barcha hududlardan 800dan ziyod polvonlar g'oliblik uchun bel olishdi.

Musobaqaning dastlabki kunida engil vazn, ikkinchi kunida esa o'rta vazn toifalarida g'oliblar aniqlangan bo'lsa, bugun og'ir vaznli kurashchilar orasida O'zbekiston chempionlari malum bo'ldi.

Ayollar o'rtasida 87 kg.gacha bo'lgan vazn toifasida xorazmlik Rahima Yo'ldosheva oltin medalga sazovor bo'ldi. U finalda samarqandlik Oybarchin Abdurashidovadan ustun keldi. Ushbu vazn toifasida bronza medallari mezbon sportchi Gulchehra Boboniyozova hamda Andijon viloyati vakilasi Gulasal Haydarovalarga nasib etdi.

Eng og'ir, yani 87 kg.dan yuqori vaznga ega kurashchi qizlar o'rtasida kechgan bellashuvlar ham murosasiz kechdi va ular orasida Surxondaryo viloyati vakili Rinata Ilmatovaga munosib raqib topilmadi. Finalda u Sohibjamol Xoliqulovani (Surxondaryo) mag'lub etdi. Beg'am Boyimova (Toshkent sh.) hamda Norsuluv Jumamuratovalarga (Qoraqalpog'iston) bronza medali nasib etdi.

Erkaklar o'rtasida 100 kg.gacha bo'lgan vazn toifasida Erkin Doniyorov (Buxoro) oltin medal bilan taqdirlandi. Finalda u Elbek Abdullaevdan (Jizzax) ustun chiqdi. Sardor SHovriqov (Qashqadaryo) hamda Dilshod CHorievlarga (Toshkent vil.) bronza medali nasib etdi.

Eng murosasiz bellashuvlar esa o'ta og'ir vazn toifasidagi kurashchilar o'rtasida kechdi. Ushbu vazn toifasida g'oliblikka davogarlar talaygina edi, ammo hech kim jahon chempioni va Osiyo o'yinlari g'olibi, surxondaryolik Muhsin Hisomiddinovning yana bir bora O'zbekiston chempionligini qo'lga kiritishiga xalal berolmadi. Hal qiluvchi bahsda u Pahlavon Mahmud izdoshi Boltaboy Boltaevni (Xorazm) mag'lubiyatga uchratdi. Samarqandlik Bekzod Karimov va Toshkent shahri vakili SHohruh Usmonovlar shohsupaning uchinchi pog'onasidan joy olishdi.

SHu tariqa keskin va murosasiz bellashuvlarga boy tarzda o'tgan kurash bo'yicha O'zbekiston chempionati ham yakuniga etdi. Musobaqa yakunida g'olib va sovrindorlar oltin, kumush, bronza medallari hamda O'zbekiston kurash federaciyasi tomonidan tasisetilgan esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

Musobaqalar yakunida murabbiylarimiz mamlakat yoshlar va milliy terma jamoalariga nomzodlarni belgilab olishdi. Endi ular yil davomida tashkil etiladigan nufuzli xalqaro turnirlar, qolaversa noyabr oyida Janubiy Koreyaning CHengju shahrida o'tkaziladigan yoshlar va kattalar o'rtasidagi XII jahon chempionati hamda Gonkongda bo'ladigan Osiyo chempionatida vatanimiz sharafini himoya qilishadi.

photo5355128798938507778.jpg


photo5355128798938507780.jpg

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing