So’nggi yangiliklar

18:16Канчельскис — ЖЧ-2026 ҳақида: "Шотландия, Англия ва Ўзбекистонга мухлислик қиламан" 0 17:41Дана Уайт Жон Жонсни тарихдаги энг яхши жангчи унвонидан маҳрум қилмоқчи 0 16:53Ислам Махачев фаолиятидаги энг севимли жангини айтди 0 16:08Makarska Open. Мария Тимофеева 1/2 финалда! 0 15:29Фабио Каннаваро Тимур Кападзе ва Сречко Катанец ҳақида гапирди 0 14:56Шахматчимиз Грандмастер даражасини қўлга киритди 0 14:08Octagon 87 турнири учун яна бир қизиқарли жанг эълон қилинди. Жаҳонгир Нажмиддинов қайтмоқда 0 13:33UFC собиқ юлдузи иштирокида ўтиши керак бўлган Қозоғистондаги ММА турнири пул туфайли бекор бўлди 0 13:00Эрон терма жамоаси футболчилари ЖЧ-2026 бошланишига бир ҳафта қолганда АҚШга кириш визасини олишди 0 11:53"Жанглар бизнесдан осонроқ эди, чунки..." - Хабиб Нурмагомедов бизнес лойиҳалари ҳақида гапирди 0 10:31Билол Муҳаммад ва бошқалар. UFC Fight Night 278 турнири иштирокчилари тарозига чиқишди (+барча жанглар рўйхати) 0 09:57Разамбек Жамалов RAF кураш лигаси билан шартнома имзолади 0 19:23Ўзбек клублари ЖЧ-2026 орқали қанча даромад топади? 0 18:49Болаларга қувонч улашган "Tashkent Open Judo Kids Cup IV" ФОТОРЕПОРТАЖ 0 18:18Махачев: "Баъзиларга "Оғайни, машғулот ўрнига бориб ишла" дегинг келади" 0

08 mar 07:56
Yangiliklar

Kurash

Kurash - Olimpiya sari! Gender tenglik FOTOGALEREYA

Teglar :  Kurash
Gender strategiyasining asosiy maqsadi - irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, etiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qatiy nazar xotin-qizlar va erkaklarning haqiqiy tengligini taminlashdan iboratdir.

Tarixga nazar tashlar ekanmiz, sharq qomusiy olimlardan Abu Nasr Forobiy “Fozil odamlar shahri” asarida tenglik hukm surgan davlatni fozillikka intilgan davlat sifatida qayd etgan bo'lsa, 1791 yilda Olimpiya De Guj tomonidan tayyorlangan fuqarolik va ayol huquqi deklaraciyasida ilk bor ayollarning erkin fikrlash va o'z fikrini bildirish huquqiga ega ekanligi etirof etilgan.

So'nggi yillarda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarga erishish, jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ularning teng ishtirok etishini taminlash, xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo'llab-quvvatlash, shuningdek, xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonliklardan himoya qilishga qaratilgan keng ko'lamli islohotlar amalga oshirildi.

Gender tenglik masalasi davlat siyosati darajasiga ko'tarildi.

Kuni kecha Prezident SHavkat Mirziyoev raisligida  o'tkazilgan xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash tizimi hamda ularning jamiyatdagi mavqeyini yanada mustahkamlash bo'yicha videoselektorda ham bu masalalarga chuqur urg'u berildi va bu maqsad mamlakatimizning taraqqiyot strategiyasida eng muhim yo'nalishlardandir.

Aynan sport sohasiga keladigan bo'lsak, bu tamoyil Olimpiya xartiyasining talablaridan biridir. Olimpiya xartiyasi olimpiya harakati uchun qonunlar majmuasidir.

Xartiyaga binoan Olimpiada o'yinlari “Haqqoniy va teng huquqli musobaqalarda butun dunyo  sportchilarini birlashtirib, mamlakatlar, alohida shaxslarga nisbatan irqiy, diniy yoki siyosiy kamsitilishga yo'l qo'yilmaydi”.

Biron sport turining Olimpiya o'yinlari dasturiga kirishi uchun qatiy mezonlar, talablar bo'ladi. Ulardan biri sportdagi gender tenglik masalasi. Yani, Olimpiya o'yinlariga davogar sport turi bilan erkaklar qatori xotin-qizlar ham teng shug'ullanishi kerak. Sizu bizning milliy sportimiz kurash ham Olimpiada sari odimlamoqda.

Bugun kurashimiz zamonaviy sport turi bo'ldi. Osiyo o'yinlaridan mustahkam joy oldi. Dunyo polvonlari “o'rtaga”, “tazim”, “kurash”, “halol”, “yonbosh”, “chala”, “dakki”, “tanbeh”, “g'irrom”, “bekor”, “teng”, “to'xta” kabi   o'zbek so'zlarini baralla aytmoqda. 

Zamonaviy Kurash qoidalari asoschisi Komil Yusupov kurash qoidalarida Gender tengligi tamoyiliga alohida etibor qaratgan. Komil Yusupov qoidalarga erkaklar uchun 7 ta vazn toifasi kiritgan bo'lsa, 8 ta vazn ayollar uchundir.

Kurashga xotin-qizlarni jalb etish masalasiga kelsak, muammoli masala. Bu ayniqsa, sharqona mentalitet hukmron xalqlarda juda og'ir kechadi. Ammo, qoidalar asoschisi bularga ham echim topdi.

Birinchidan, og'ritish, bo'g'ish yoki erda yotib kurashish kabi usullar taqiqlangan. Erga tizza tegdimi kurash to'xtatiladi. Ikkinchidan, kurash yaktaklari ham mentalitetimizga xos. Sport kiyimimiz yopiq, tananing deyarli biron joyi ochiq namoyon bo'lmaydi. 

Demak, kurash ayollar uchun juda mos sport turi hisoblanadi. Bunday holda  xotin-qizlar ham kurash bilan teng huquqli shug'ullanish imkoniga ega. Bu o'z navbatida, qariyalar, bolalar uchun ham qulay va xavfsiz.  

Kuni kecha Toshkent viloyatining Parkent tumanida tashkil etilgan “Kurash - Olimpiya sari. Gender tenglik” mavzusidagi seminar-trening ham yuqoridagi fikrlarning inikosi bo'ldi desak mubolag'a qilmaymiz. 

O'zbek sporti - kurashni xotin-qizlar o'rtasida yanada ommalashtirish maqsadida tashkil etilgan seminar-treningda Respublikada faoliyat olib borayotgan ayol hakamlar, murabbiylar va kurash bo'yicha Jahon, Osiyo chempionlari, Osiyo o'yinlari g'oliblari ishtirok etdilar.

Ishtirokchilar Parkent tuman hokimligi, prokuraturasi tomonidan tantanali tarzda kutib olindi. Seminar ishini tuman hokimi SHohruh SHoahmedov ochib berdi. O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o'rinbosari Svetlana Artiqova ishtirokchilarni bayram bilan tabriklash bilan bir qatorda Prezidentimiz tomonidan ayollarga ko'rsatilayotgan etibor ayniqsa kurash sport turini rivojlantirish, gender tenglik masalalariga to'xtalib o'tdilar.

 Sport psixologi tomonidan o'tkazilgan trening va kurash tarixi, falsafasi yuzasidan qilingan maruza Barchinoy qizlarimizni qizg'in muhokamalarga chorladi.

Tadbir so'nggida Jahon chempionlari bo'lgan qizlarimiz mahorat darslarini namoyish etdilar. 

Tadbir ishtirokchilari bu seminarga yuqori darajada tayyorgarlik ko'rilganligini, ular uchun barcha sharoitlar tuman prokuraturasi tomonidan tashkil etilganligini etirof etar ekanlar, bu 8 mart bayrami oldidan ularga berilgan hurmat ekanligini takidlab o'tdilar.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing