So’nggi yangiliklar

19:35"Манчестер Юнайтед" "Рома" юлдузи билан келишувга эришди 0 18:50Рамазон Темиров: "Зарбаларим аниқроқ борганида, Стив бундан ҳам оғирроқ нокаут бўлиши мумкин эди" 0 18:02Тим Цзю Эррол Спенсни мағлуб этиб, рақибини фаолиятини якунлашга мажбур қилди 0 17:20"Ўзбекистонда ҳам чемпион бўлади. Буни биринчи бўлиб, ўзим бажараман" — Рамазон Темиров 0 16:03Ўзбекистон U-20 аёллар терма жамоаси – CAFA чемпиони! 0 15:10Рамазон Темировнинг жангдан кейинги фикрлари қандай бўлди? 0 14:01Парижда кураш бўйича Президент соврини учун мусобақа ўтказилди 0 13:07Махлуқ ролидаги Шоҳжаҳон Эргашев, тепкиланган Одилхон ва бошқалар. Тошкентдаги проф бокс оқшомидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 12:19Суперлига. Бугун Тошкент дербиси бор 0 01:00Ўзбекистонлик жангчилар иштирокидаги Octagon 89 турнирининг барча натижалари бир саҳифада 0 00:31UFC Abu-Dhabi турнирининг бонус эгалари эълон қилинди. Рамазон Темиров рўйхатда борми? 0 00:23Кутганмидингиз?! Шоҳжаҳон Эргашевнинг Марк Урвановга қарши жанги биринчи раунддаёқ ниҳоясига етди 0 00:00Гусков Анкалаевга, Темиров эса Эрцегга қарши жанг қилди! UFC Abu-Dhabi турнирининг барча натижалари бир саҳифада 0 23:54UFC ABU-DHABI. БОГДАН ГУСКОВНИНГ МАГОМЕД АНКАЛАЕВГА ҚАРШИ МАРКАЗИЙ ЖАНГИ БЕШИНЧИ РАУНДДА ЯКУНЛАНДИ! 0 23:01РАМАЗОН ТЕМИРОВ ИШТИРОКИДАГИ CO MAIN EVENT ЖАНГИ БИРИНЧИ РАУНДДА ЯКУНЛАНДИ! 0

31 jan 12:41
Yangiliklar

Kurash

Kurash “Osiyo bolalari” o'yinlari dasturiga kiritildi yoxud O'zbekiston 2028 yilgi bolalar o'yinlariga mezbonlik qilishi mumkin

O'zbek milliy kurashi “Osiyo bolalari” o'yinlari dasturiga rasman kiritildi.

Mamlakatimizda qadimiy qadriyatlarimiz, xususan mardlik, jasurlik, vatanparvarlik, gumanizm g'oyalarini o'zida mujassam etgan milliy sportimiz bo'lgan kurashni ommalashtirish, rivojlantirish va dunyoga tanitish hamda ushbu qadriyatimizni umumjahon durdonasiga aylantirish bo'yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.

SHu bilan birga, kurashning tobora ommalashib borayotganligi nufuzli xalqaro musobaqalarni tashkil qilishga, mavjud infratuzilma va moddiy-texnik bazani modernizaciya qilishga, sport inventarlari va kiyimlari taminotini yaxshilashga, bu borada ishlab chiqarishni kengaytirishga, shuningdek, soha uchun malakali kadrlar, trenerlar va hakamlar tayyorlashga bo'lgan etiborni yanada kuchaytirishni talab etmoqda.

“Osiyo bolalari” Xalqaro o'yinlari boshqaruvi yig'ilishida kurashni mazkur o'yinlarning sport dasturiga kiritish to'g'risida qaror qabul qilindi.

Malumot uchun aytib o'tmoqchimiz “Osiyo bolalari” xalqaro sport o'yinlari Xalqaro Olimpiya qo'mitasi shafeligi ostida 1996 yildan buyon to'rt yilda bir marta o'tkazib kelinadi. Pandemiya sababli bolalar o'yinlari 2020 yil Mo'g'ilistonda o'tkazilmadi va boshqa sanaga ko'chirilgan. 2019 yilda Rossiyaning Yujno-Saxalinsk shahri mezbonligida “Osiyo bolalari” birinchi xalqaro qishki sport o'yinlari ham o'tkazilgan edi. Ushbu musobaqada o'zbekistonlik yosh atletlar tog‘ chang‘isi, figurali uchish hamda snoubord sport turlari bo'yicha 8 nafar hamyurtimiz ishtirok etgan edi.

O'zbek sportchilari xalqaro musobaqalarda doimo yuqori natijalarni qayd etib kelishadi. O'z navbatida mamlakatimiz ham bir qator yirik xalqaro sport musobaqalariga ananaviy mezbonlik qilib kelmoqda. Kelajakda kompleks sport musobaqalarini ham qabul qilish bo'yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O'zbekiston 2028 yil bo'lib o'tadigan “Osiyo bolalari” o'yinlarini qabul qilishga davogar mamlakatlar ro'yxatiga kiritilgan.

Eslatib o'tamiz 2024 yilgi musobaqaga Rossiyaning Yakutsk shahri mezbonlik qiladi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing