20 dek 19:52
Yangiliklar

Kurash. O'zbekiston chempionati yakunlandi
Unda ananaviy tarzda ayollar va erkaklar yakkalik hamda jamoaviy tarzda g'oliblik uchun kurash olib borishdi. Dastlabki kunlarda vazn toifalari bo'yicha g'oliblar aniqlangan bo'lsa, musobaqaning so'nggi kunida jamoaviy bellashuvlar tashkil etildi.
2018 yil CHirchiqda o'tgan musobaqalarda bosh sovrinni qo'lga kiritgan Samarqand viloyati kurashchilari bu gal ham g'oliblikni o'z qo'llarida saqlab qolishdi.
Final bellashuvlarida Buxoro viloyati polvonlarini mag'lubiyatga uchratgan Samarqand viloyati jamoasi O'zbekiston kubogini qo'lga kiritdi.
Buxoro viloyati vakillari ikkinchi, Toshkent shahri jamoasi faxrli uchinchi o'rinni egalladi. G'oliblarda kubok, medal va diplomlar, qimmatbaho sovg'alar topshirildi.
O'zbekiston kurash associaciyasi matbuot xizmati
Fikrlar