So’nggi yangiliklar

19:05Ёқубов реванш учун Гаирбековга ўз гонорарини беришга ҳам тайёр 0 18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0

24 jan 13:19
Yangiliklar

Kurash

Kurash. O'zbekiston chempionatida dastlabki chempionlar aniqlandi

Teglar :  Kurash
Avval xabar berganimizdek, kurash bo'yicha 2019 yilgi mavsumning ilk musobaqasi, yani O'zbekiston chempionati bahslari Navoiy shahridagi NKMK sport majmuasida bo'lib o'tmoqda.

Musobaqaning ilk kunida erkaklar 60 hamda 66 kg.gacha, ayollar esa 48, 52 va 57 kg.gacha bo'lgan vazn toifalarida gilamga chiqishdi.

Kunning birinchi yarmida saralash bellashuvlari o'tkazilgan bo'lsa, yarim final va final bahslari kechga tomon tashkil etildi. Bu esa avvalo tomoshabinlar uchun ayni muddao bo'ldi, negaki tushgacha ko'pchilik o'qish va ishda bo'lishadi, kechga tomon esa bemalol musobaqalarni tomosha qilish uchun kelishlari mumkin.

Bevosita bellashuvlarga kelsak, ayollar o'rtasida 48 kg.gacha bo'lgan vazn toifasida oltin medal qoraqalpog'istonlik Gulnur Muratboevaga nasib qildi. U final bahsida surxondaryolik Mohinur Mo'minovani mag'lubiyatga uchratdi. Lobar Xurramova hamda Mohinur CHorievalar esa bronza medalini qo'lga kiritishdi.

52 kg.gacha bo'lgan vazn toifasidagi ayollar o'rtasida jahon chempioni, Osiyo o'yinlari g'olibasi Gulnor Sulaymonova yana bir bora mamlakatimizda tengsiz ekanligini isbotladi. Biroq, finalda unga qarshi bellashgan xorazmlik Sita Qadamboeva ham osonlikcha taslim bo'lmadi. Ushbu vaznda shohsupaning uchinchi pog'onasidan farg'onalik Zarnigor Rahmiddinova hamda Surxondaryo viloyati vakili Muxlisa Muhammadievalar o'rin olishdi.

Navbatdagi 57 kg.gacha bo'lgan vaznda gilamga chiqqan kurashchi qizlar orasida xorazmlik SHukurjon Aminova finalda Jizzax viloyati vakili Madina Ostonovani mag'lubiyatga uchratdi va uyiga oltin medal bilan qaytadigan bo'ldi. Ushbu vaznda Mahliyo Yo'ldosheva va Mehribon Nuriddinovalar ham sovrindorlar qatoridan joy egallashdi.

O'zbekiston chempionatining erkaklar o'rtasidagi bellashuvlari ham qiziqarli kechdi. 60 kg.gacha vazn toifasida toshkentlik Abror Jabborov yarim finalda Sirdaryo viloyati vakili G'ofir Aktamovdan ustun keldi va finalga yo'l oldi. Yarim finalning ikkinchi juftligida Andijon viloyati vakili Furqat Marufjonov farg'onalik Mirzohid Muhammadjonovni engdi. Biroq, jarohati sabab finalda kurashishni istamadi va natijada oltin medal Abror Jabborovga nasib etdi.

66 kg.gacha og'irlikdagi polvonlar orasida xorazmlik Qobiljon Ahmedov oltin medalga sazovor bo'ldi. Buxorolik Mirjon To'xtaev kumush, Toshkent shahri vakili Hamid Mo'minov va surxondaryolik Bahodir Boboev esa shohsupaning uchinchi pog'onasiga ko'tarilishdi.

12.jpg

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing