05 okt 16:10
Yangiliklar

Kurash. Termizda sport bayrami start olmoqda
Turnir doirasida shuningdek, mehmonlar, barcha ishtirokchilar dastlab, buyuk alloma al-Hakim at-Termiziy majmualarida bo'lishib, ziyoratlarni amalga oshirishdi. Majmuada shuningdek mehmonlarga dasturxon yozilib, o'zbek milliy taomlaridan bo'lgan osh tortildi. Quron tilovat qilinib, duoga qo'l ochishdi.
Eslatib o'tamiz, mazkur xalqaro turnirda ellikga yaqin davlatlardan uch yuz nafarga yaqin polvonlar ishtirok etishmoqda. Musobaqa reglamentiga ko'ra erkaklar 55, 66, 73, 81,90, +100 kg. Vazn toifalarida, ayollar esa 48, 57, 70, +78 kg vazn toifalarida kuch sinashishadi. Bellashuvlar bugun 17:00 "Alpomish" sport majmuasida start oladi.
Malumot uchun, turnirning mukofot jamg'armasi 100 ming AQSH dollarini tashkil etadi.
Ilhom Rahmonov tayyorladi
Fikrlar