So’nggi yangiliklar

14:22"Барселона" президенти Фликнинг клубдаги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 14:01"Буни эркакларга қўйиб беринг". Камару Усман аёллар жангларини танқид қилган Хабибни қўллаб-қувватлади. 0 13:40Octagon 86 турнири ҳам Тошкентда ўтказилади, унда ҳамюртимиз чемпионлик камари учун жанг қилади 0 13:19Учинчи ракеткани мағлуб этган Фомин 1/2 финалда ўйнайди 0 12:58"Манчестер Сити" юлдузи билан шартномани узайтирмоқчи 0 12:37Осиё чемпионати: Энг кўп 1/4 финалчи Ўзбекистонда ҳам, Қозоғистонда ҳам эмас! 0 12:16Бокс терма жамоамиз Осиё чемпионатида яна икки йўқотишга учради 0 11:55Пакьяонинг жамоаси Мейвезерни шартномани бузганликда айблади 0 11:34Европанинг етакчи лигаларида энг кўп маош олувчи мураббийлар маълум бўлди 0 11:13Царукяннинг рақиби UFC шон-шуҳрат зали аъзоси бўлади 0 10:58Ўзбекистон делегацияси Осиё соҳил ўйинларида қатнашади 0 10:37Кроуфорд фаолиятини якунлашдан олдин жанг қилмоқчи бўлган афсонавий боксчини айтди 0 10:16Ҳусановнинг агенти мижозининг "Сити"даги мослашуви ҳақида гапирди 0 09:55"Махачевни нокаут қилиб, Эквадордан биринчи чемпион бўлишим мумкин" - мағлубиятсиз UFC жангчиси 0 09:33Лайма Владсон ўзидан 132 поғона қуйидаги рақибаси олдида ожиз қолди 0

03 may 14:26
Yangiliklar

Kurash

Kurash va belbog'li kurash. G'oliblar “Damas” avtomashinalariga ega bo'lishdi

Olis o'tmishdan bizgacha ota-bobolarimiz tomonidan asrab-avaylanib etib kelgan, milliy qadriyatlarimizdan sanalgan kurash va belbog'li kurash bugun chin manoda yanada qadr topdi.

Davlatimiz tomonidan keyingi yillarda milliy sport turlarimizga  qaratilayotgan yuksak etibor bois, yoshlarimiz tomonidan kurash va belbog'li kurashga bo'lgan oshnoligi  ortgan.

Joriy yilning 1 may kuni Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida kurash va belbog'li kurash bo'yicha o'tkazilgan ochiq  turnir ham fikrimizga yaqqol dalil bo'la oladi. 

Jizzax viloyati hokimligi va viloyat prokuraturasi tashabbusi bilan hamda belbog'li kurash va kurash federaciyalari hamkorligida “Sportni sev, sport bilan yasha!” shiori ostida o'tkazilgan mazkur kurash va belbog'li kurash bo'yicha ochiq turnir 9 may – “Xotira va qadrlash kuni” ga bag'ishlandi. 

Yuqori saviyada – bayramona tarzda tashkil etilgan turnirda har ikkala sport turi bo'yicha erkaklar -55, -66, -73,  -90,  -100, +100 hamda mutloq vazn toifalarida kuch sinashishgan bo'lishsa, ayollar -48, -52, -63 kg. vazn toifalarida bellashishdi. 

Takidlash joiz, shu kuni bellashuvlar  tongdan tungacha  shiddatli, qiziqarli va murosasiz tarzda davom etdi. Muxlislar esa har bir vazn toifasidagi polvonlarning chiqishlarini diqqat – nazar bilan kuzatib, olqishlab turishdi. 400 nafarga yaqin polvonlar ishtirok etgan musobaqani kurash bo'yicha Alisher Tilyakov, belbog'li kurash bo'yicha Usmon Mahamatovlar boshchiligidagi hakamlar guruhi munosib boshqarib borishdi. Demak, turnir g'olib va sovrindorlari bilan tanishamiz.

Kurash (Erkaklar)

60 kg. vazn toifasi

  1. Arabboy Mamasiddiqov (Jizzax)
  2. Abdirazzoq   Xamroev (Buxoro)
  3. Sanjar Saidqulov (Jizzax), Jahongir G'offorov (Jizzax)


66 kg. vazn toifasi

  1. Dilshod Bo'riev (Jizzax)
  2. Mirzohid Muhammadjonov (Namangan)
  3. Sardor Toshtemirov (Jizzax), CHori Zoirov (Buxoro)


73 kg. vazn toifasi

  1. Muhammad Jumaev (Navoiy)
  2. Elshod Boqiev (Toshkent v.)
  3. Doston Xoliqulov (Sirdaryo), Sardor Berdishukurov (Toshkent sh.)


81 kg. vazn toifasi

1.Sardor Muhammadiev (Jizzax)

2. Salohiddin Norqo'ziev (Jizzax)

3. Abbos To'xmanov (Jizzax), Islom Hayitmurodov (Jizzax)


100 kg. vazn toifasi

  1.  Avaz Toymurodov (Jizzax)
  2. Yahyo Imomov (Jizzax)
  3. Erkin Qozoqov (Toshkent v.), Jonibek Qozoqov (Samarqand)


+100 kg. vazn toifasi

  1. SHerali Jo'raev (Qashqadaryo)
  2. SHoxrux Usmonov (Jizzax)
  3. Husniddin Huseinov (Jizzax), Hayitbek To'raev (Surxondaryo)


Mutloq vazn toifasi

  1. Yahyo Imomov (Jizzax)
  2. SHerali Jo'raev (Qashqadaryo)
  3. Husniddin Eshmirzaev (Toshkent v.), Erkin Qozoqov (Toshkent v.)


Kurash (ayollar)

48 kg. vazn toifasi

  1. Zuxra Hayitboev (Jizzax)
  2. Zarnigor Saidqulova (Jizzax)
  3. Sevinch Isroilova (Jizzax)

52 kg. vazn toifasi 

  1. Fotima Musaeva (Jizzax)
  2. Fotima Hayitboeva (Jizzax)
  3. Nodira Xalilova (Jizzax), Maxliyo Amanova (Jizzax)

63 kg. vazn toifasi

  1. Sevinch Isoqova (Jizzax)
  2. Dispina Bochkova (Jizzax)
  3. O'g'iloy Toshtemirova (Jizzax), Valiya Parmanova (Jizzax)


Belbog'li kurash (erkaklar)

55 kg. vazn toifasi

  1. Diyorxo'ja Mo'ydinov (Farg'ona)
  2. Husan Azimov (Toshkent sh.)
  3. Doniyor O'rolov (Jizzax), Jamoliddin Nematov (Namangan)

66 kg. vazn toifasi

  1. Oybek Sultonov (Andijon)
  2. Nusrat Yuldoshev (Xorazm)
  3. Ilyos Ahmadov (Jizzax), Azizjon Azimjonov (Farg'ona)

73 kg. vazn toifasi

  1. Ilhom Mashrabov (Andijon)
  2. Nusratbek Sultonboev (Andijon)
  3. Xolmirza Hasanboev (Toshkent v.), Bunyod Anvarjonov (Qoraqalpog'iston)

90 kg. vazn toifasi

  1. Jasurbek Isroilov (Andijon)
  2. Husniddin Ro'ziev (Andijon)
  3. Oybekjon Muhammadov (Farg'ona), G'iyos Mamasiddiqov (Namangan)

100 kg. vazn toifasi

  1. Zaylobiddin Ortiqov (Toshkent sh.)
  2. Nodirbek Ahadjonov (Jizzax)
  3. Rustam Umarov (Namangan), Akbarshoh Rustamov (Toshkent v.)

+100 kg. vazn toifasi

  1. Xislat Pirmatov (Toshkent v.)
  2. Zohidbek Isroilov (Farg'ona)
  3. Sardor Nazarov (Toshkent v.), G'olib Ahmedov (Jizzax)

Mutloq vazn toifasi  

  1. Nodirbek Axatjonov (Jizzax)
  2. Zaylobiddin Ortiqov (Toshkent v.)
  3. Zohidbek Isroilov (Farg'ona), Xislat Pirmatov (Toshkent v.)

Musobaqa yakuniga etgach, g'olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Har bir vazn toifasida kuchli uchlikdan joy olgan polvonlar turnir tashkilotchilari tomonidan pul mukofotlari va qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi. Mutloq vazn toifalarida faxrli birinchi o'rinni qo'lga kiritgan kurash bo'yicha  Yahyo Imomov hamda belbog'li kurash bo'yicha Nodir Ahatjonovlarga “Damas” rusumli avtomobillar topshirildi. Tantanali taqdirlash marosimida Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliev, Jizzax viloyati prokurori Islomjon Ergashxodjaev, O'zbekiston kurash federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari Komil Yusupov, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi bosh kotibi Abdixalil Malikov ishtirok etishdi.

Usmon MAHAMATOV,  belbog'li kurash bo'yicha yoshlar o'rtasida milliy terma jamoa bosh murabbiyi, turnirning belbog'li kurash bo'yicha bosh hakami: - Albatta, mazkur turnirga katta tayyorgarlik ko'rilgan, yuqori saviyada, sport bayramiga aylangan turnirni tashkil etishda bosh –qosh bo'lgan Jizzax viloyati hokimligiga, viloyat prokuraturasiga, qolaversa, Zarbdor tumani hokimligiga polvonlarimiz, hakamlarimiz nomidan minnatdorchilik bildiramiz. Har ikkala kurash bo'yicha bellashuvlar shiddatli va qiziqlarli tarzda o'tdi. Bu kabi nufuzli turnirlarda kuchli va iqtidorli polvonlar saralanadi. Bugungi bellashuvlarda ham yangi-yangi istedodlar kashf etildi. Belbog'li kurashning mutloq vazn toifasida g'oliblikni tantana qilgan, shogirdimiz sanalgan Nodirbek Axadjonovni ham tabriklaymiz. Musobaqani tashkil etgan tashkilotchilarga yana bir bor tashakkur, deymiz.   

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing