So’nggi yangiliklar

18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0 11:35Бектемир Меликўзиев чемпионлик жангидан четда қолди(ми?) Хайме Мунгиянинг кейинги рақиби ва жанг санаси эълон қилинди 0

20 iyu 13:02
Yangiliklar

Kurash

Kurash – xalqaro harbiy sport kengashining rasmiy sport turi!

Teglar :  KurashCISM
Sevimli sportimiz - kurash xalqaro sport maydonlarida yana bir muhim qadam tashladi.

Xabar berganimizdek, endi u dunyodagi eng nufuzli harbiy sport tashkiloti — CISM (Conseil International du Sport Militaire) taqvimiga rasman kiritildi. SHri-Lankaning Kolombo shahrida bo'lib o'tgan CISMning navbatdagi Bosh Assambleyasida Kurash rasman kengash sport turlari ro'yxatiga kiritildi. Bu qaror 140 dan ortiq davlat azo bo'lgan harbiy sport jamiyati tomonidan bir ovozdan maqullandi.

Mazkur voqeaga bag'ishlab Axborot va ommaviy kommunikaciyalar agentligida matbuot anjumani o'tkazildi. 

Tadbirda Sport vaziri o'rinbosari SHaxrullo Mahmudov, Xalqaro Kurash Associaciyasi prezidenti Haydar Farmon (onlayn tarzda), vice-prezident SHerzodxon Qudratxo'ja, Bosh kotib Muhammad Reza Nassiri, Mudofaa vazirligi masul xodimi Mansur Mamadaminov, Milliy olimpiya qo'mitasi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati hamda Xalqaro Kurash instituti rahbarlari va bir qator xorijiy federaciyalar vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida takidlanganidek, bu yutuq — so'nggi yillarda kurashning xalqaro darajadagi nufuzi tobora oshib borayotganining natijasidir. Ayniqsa, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Xalqaro Kurash associaciyasi Faxriy Prezidenti SHavkat Mirziyoevning bevosita etibori va tashabbuslari bu jarayonda hal qiluvchi omil bo'lib xizmat qilmoqda.

— Bu nafaqat sport tarixidagi muhim voqea, balki kurash orqali O'zbekiston madaniyati va qadriyatlarini butun dunyoga namoyon etishga xizmat qiladi. Biz bu natijaga osonlikcha emas, balki butun kurash jamoasining mehnati orqali erishdik, — dedi Xalqaro Kurash Associaciyasi prezidenti Haydar Farmon.

Malumki, CISM — bu 1948 yilda tashkil etilgan, har to'rt yilda o'tkaziladigan "Harbiy Olimpiada" — World Military Games musobaqalarini tashkil etuvchi tuzilma bo'lib, unda asosan jangovar sport turlari namoyon etiladi. Kurashning mazkur tizimga kiritilishi uning jang sanati sifatida xalqaro hamjamiyatda tan olinishiga xizmat qiladi.

— Kurash – bu faqat bellashuv emas, balki tinchlik, tartib, odob va hurmat maktabi. SHu manoda uning harbiy sport tizimidagi ishtiroki ham jismoniy, ham manaviy ahamiyat kasb etadi, — dedi IKA Vice-prezidenti, professor SHerzodxon Qudratxo'ja. 

Anjumanda 2026 yilning 5–6 sentyabr kunlari Toshkent shahrida o'tkazilishi rejalashtirilgan “Kurash Challenge Cup” musobaqasi haqida ham batafsil malumot berildi. Bu musobaqa kurashning CISM doirasidagi ilk rasmiy turniri sifatida tarixga kiradi. Musobaqa O'zbekiston Respublikasi mustaqillik bayrami va 6 sentyabr — Kurash kuni munosabati bilan tashkil etiladi.

Turnir doirasida nafaqat sport bellashuvlari, balki O'zbek madaniyati, ananalari va zamonaviy qiyofasini namoyon etuvchi bir qator madaniy tadbirlar ham o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Kurashning CISM sport turlari ro'yxatiga kiritilishi — sevimli sportimiz uchun navbatdagi tarixiy marra. Bu qaror ortida nafaqat rasmiy tashabbus, balki butun kurash oilasining ko'p yillik mehnati va sadoqati turibdi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing