So’nggi yangiliklar

19:05Ёқубов реванш учун Гаирбековга ўз гонорарини беришга ҳам тайёр 0 18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0

16 iyu 10:19
Yangiliklar

Kurash

Kurashchilar Bo'stonliqda tayyorgarlik ko'rishyapti FOTOREPORTAJ

Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati kurashchilari o'quv-yig'in mashg'ulotini Bo'stonliq tumanining so'lim va xushmanzar joylarida o'tashmoqda.

- Taqvim rejasi bo'yicha 36 kunlik o'quv-yig'in mashg'ulotini “Ko'k suv” dam olish zonasida o'tkazmoqdamiz, - deydi maktab-internatining kurash bo'limi bosh murabbiyi Murod Do'simbetov. - Mashg'ulotlarda asosan o'quvchilarning jismoniy tayyorgarligini oshirishga urg'u berilayotir. Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati rahbariyati bolalarning ko'ngilli hordiq chiqarib, jismoniy jihatdan baquvvat bo'lishlari uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib bergan.

SHuningdek, dam olish zonasida CHirchiq olimpiya zaxiralari maktab-internati, CHirchiq shahar bolalar-o'smirlar sport maktabi tarbiyalanuvchilari bilan birga turli musobaqalar, uchrashuvlar o'tkazilayotgani barchaga manzur bo'lmoqda.

Maktab-internat kurashchilari yaqinda Namangan viloyatida o'smirlar va qizlar o'rtasida sohil kurashi bo'yicha bo'lib o'tgan O'zbekiston chempionatida munosib ishtirok etishgan. Alihaydar Majidov (55 kg.), Ahror Ziyodullaev (73 kg.), Jamshid Abdujabborov (+100 kg.) lar g'oliblik shohsupasining eng yuqori pog'onasidan joy egallagan. 100 kg. vazn toifasida ishtirok etgan Asror Xolmamatov ushbu chempionatning bronza medaliga sazovor bo'lgan edi. Endi bu sportchilar Tailandda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatida vatanimiz sharafini munosib himoya etadi.

Joriy yilning avgust oyi oxirida Janubiy Koreyada kattalar o'rtasida Jahon chempionati bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. Ushbu nufuzli turnirga Abror Jabborov (60 kg.), O'rol Sodiqov (81 kg.) va Umar Bozorov (81 kg.) lar astoydil tayyorlanishyapti. SHuningdek, kurashchilar joriy yilda Navoiy shahrida 2004-2005 yillarda tavallud topgan bolalar o'rtasida bo'lib o'tadigan mamlakat chempionati bahslariga ham qizg'in hozirlik ko'rishmoqda.

Suratlar muallifi - Alimurod Mamadaminov

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing