So’nggi yangiliklar

18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0 11:35Бектемир Меликўзиев чемпионлик жангидан четда қолди(ми?) Хайме Мунгиянинг кейинги рақиби ва жанг санаси эълон қилинди 0

17 mar 19:17
Yangiliklar

Kurash

Kurashchilarimiz Osiyo chempionatida qanday tarkib bilan ishtirok etadi? (Dushanbedan fotoreportaj)

Xabar berganimizdek, 19-20 mart kunlari Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida milliy qadriyatimizning bir bo'lagi hisoblangan kurash bo'yicha Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.

Ayni paytda musobaqaga tayyorgarlik jarayoni yakunlanib, Osiyo chempionatini qabul qiluvchi arena shay holatga keltirib qo'yildi. Kecha ushbu arenada (suratdagi) tennis musobaqasi yakuniga etdi va bugun kurash qoplamalari to'shaldi, bannerlar ilindi. 

Qita chempionatida yigirmaga yaqin davlatdan polvonlar ishtirok etadi, tabiiyki ular orasida kurash vatani vakillari ham to'liq tarkibda yurtimiz sharafini himoya qiladilar. Bugun Osiyo chempionatining aksariyat qatnashchilari Dushanbe shahriga etib kelishdi. Ularning katta qismi, xususan O'zbekiston term jamoasi ham Toshkentdan poezd orqali Tojikistonga keldi. 

Afsuski, eng og'ir vazn toifasidagi kurashchimiz Muhsin Hisomiddinovning so'nggi pallada jarohati sabab Osiyo chempionatida qatnasha olmasligi malum bo'ldi. Murabbiylar shtabi uning o'rnini SHohruh Usmonov bilan to'ldirishdi. 

Bugun kunning ikkinchi yarmida Dushanbega etib kelgan terma jamoamiz delegaciyasi shahar markazidagi "Avesto" mehmonxonasiga joylashtirildi. Aynan shu mehmonxonada Eron, Xitoy Taypeyi, Tailand, Hindiston kabi davlat terma jamoalari ham qo'nim topishgan.      

Reja bo'yicha ertaga kunning ikkinchi yarmida, aniqrog'i soat 15:00da (Toshkent va Dushanbe vaqt tafovuti bir xil) Osiyo Kurash Konfederaciyasining Kongressi hamda OAV vakillari uchun matbuot anjumani o'tkaziladi. Kunning birinchi yarmida terma jamoamizning Dushanbedagi ilk mashg'uloti bo'lib o'tadi.  

Olamsport.com ijodiy guruhi ayni paytda Dushanbe shahrida bo'lib turibdi va quyida etiboringizga ilk fotoreportajimizni taqdim etamiz. Musobaqa o'tkazuvchi arena, shahar ko'chalari, delegaciyalarning tashrifiga doir suratlarni tomosha qilish orqali chempionat shukuhidan g'oyibona bahramand bo'ling. 

Terma jamoa tarkibi:

60 kg: Abdulaziz Hamroev 

66 kg: Artyom SHturbabin   

73 kg: Diyorjon Bahronov 

81 kg: Umid Esonov 

90 kg: Jonibek Qozoqov

100 kg: SHerali Jo'raev

100 kg: Avazxon To'ymurodov

+100 kg: SHohruh Usmonov 


Qizlar

48 kg: Mohinur Mo'minova 

52 kg: Hilola Ortiqboeva 

57 kg: Ibodat Agajonova

63 kg: Malika Qahhorova

70 kg: SHahnoza Bozorova

78 kg: Filura Ergasheva

87 kg: Yulduz Muhammadieva

+87 kg: Sitora Husanova

Murabbiylar - Rizamat Soliev, Dilfuza Rahmatova

Delegaciya rahbari - Alisher Eshonqulov (O'zbekiston kurash federaciyasi bosh kotibi)   

Suratlar muallifi - Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz. Dushanbe (Tojikiston) shahridan maxsus  

Reyting:    

Fikrlar

   
17 mar 20:15:15
Жамшид Абдуназаров
Зохид Хусаинов, Шермухаммад Жандриев.....лар қани
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing