18 iyu 07:54
Yangiliklar
Kurash

Kurashchilarimiz Osiyo chempionatida qatnashish uchun Tailandga jo'nab ketishdi
19-20 iyun kunlari Tailandning Pattayya shahrida kurash bo'yicha 20 yoshgacha bo'lgan polvonlar o'rtasida Osiyo chempionati o'tkaziladi.
Kecha O'zbekiston terma jamoasi ushbu musobaqada ishtirok etish uchun Tailandga jo'nab ketdi.
Dunyoning 20 mamlakatidan 200 nafardan ortiq polvonlar tashrif buyurishi kutilayotgan qita birinchiligida 30 nafar yosh umidli kurashchilarimiz ishtirok etishadi.
SHuningdek, Osiyo chempionati doirasida bugun, 18 iyun kuni Osiyo-Okeaniya kurash konfederaciyasining navbatdagi Kongress yig'ilishi ham bo'lib o'tadi. Unda konfederaciyaga Laos, Bangladesh, Qirg'iziston kabi yangi federaciyalar azolikka qabul qilinishi kutilmoqda.
Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar