So’nggi yangiliklar

19:05Ёқубов реванш учун Гаирбековга ўз гонорарини беришга ҳам тайёр 0 18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0

20 iyu 11:47
Yangiliklar

Kurash

Kurashchilarimiz Osiyo chempionatining birinchi kunida 12 ta medal qo'lga kiritishdi

Ayni kunlarda Tailandning Pattayya shahrida kurash bo'yicha 20 yoshgacha bo'lganlar o'rtasida Osiyo chempionati bo'lib o'tmoqda.

Kecha, 19 iyun musobaqaning birinchi kunida -81 kg, -90 kg, -100 kg va 100 kgdan yuqori vazndagi o'g'il bolalar hamda -44 kg, -48 kg, -52 kg, -57 kg vazn toifalaridagi qizlar o'rtasida bahslar o'tkazildi. Qita birinchiligining ilk kunida vakillarimiz 12 ta (6 ta oltin va 6 ta kumush) medalni qo'l kiritishdi. Etiborli jihati birinchi kungi bahslarda yigitlarimiz barcha vazn toifalarida yaqqol ustunlik bilan birinchi va ikkinchi o'rinlarni band etishdi. Qizlarimizdan esa Iroda Mamasheva (-57 kg), Zarnigor Rahmiddinova (-52 kg) oltin, Barno Malikova (-44 kg) va Dillola Dehqonboeva (-48 kg) kumush medalga sazovor bo'lishdi.

Quyidagi Osiyo chempionatining dastlabki natijalari bilan tanishishingiz mumkin:

 O'g'il bolalar

-81 kg

1-o'rin: Umar Bozorov (O'zbekiston)

2-o'rin: Erkin Qozoqov (O'zbekiston)

3-o'rin: CHang CHi-Feng (Xitoy Taypeyi)

3-o'rin: Bui Thein Hoang (Vetnam)

 

- 90 kg

1-o'rin: SHahobiddin Hamroev (O'zbekiston)

2-o'rin: Arnold Normo'minov (O'zbekiston)

3-o'rin: Fan Kuan-YU (Xitoy Taypeyi)

3-o'rin: Sim Hyongbin (Janubiy Koreya)

 

-100 kg

1-o'rin: Ro'ziboy Narzullaev (O'zbekiston)

2-o'rin: Ezozbek Ravshanov (O'zbekiston)

3-o'rin: Harsh Ritolia (Hindiston)

3-o'rin: Kim Jaemin (Janubiy Koreya)

 

+100 kg

1-o'rin: Beknazar To'raqulov (O'zbekiston)

2-o'rin: Umidjon Idiev (O'zbekiston)

3-o'rin: Yanobabhi Dhananjaydn (Hindiston)

3-o'rin: Phuvaded CHarmchuree (Tailand)

 

Qizlar

-44 kg

1-o'rin: Laxmi Kumari (Hindiston)

2-o'rin: Barno Malikova (O'zbekiston)

3-o'rin: CHanida Khetrat (Tailand)

3-o'rin: Damor Vishakha (Hindiston)

-48 kg

1-o'rin: Do Tu Ha (Vetnam)

2-o'rin: Dillola Dehqonboeva (O'zbekiston)

3-o'rin: Hung Tzu-Yi (Xitoy Taypeyi)

3-o'rin: Bui Ti Minh Anh (Vetnam)

 

-52 kg

1-o'rin: Zarnigor Rahmiddinova (O'zbekiston)

2-o'rin: Sung YA-Ting (Xitoy Taypeyi)

3-o'rin: Eng Lian (Xitoy Taypeyi)

3-o'rin: Navmiti (Hindiston)

-57 kg

1-o'rin: Iroda Mamasheva (O'zbekiston)

2-o'rin: Ven Yun-Hua (Xitoy Taypeyi)

3-o'rin: Kristi SHarma (Nepal)

3-o'rin: Kannika Klimali (Xitoy Taypeyi)

 

Musobaqa davom etmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing