So’nggi yangiliklar

12:58"Аспиналлни тезроқ октагонга қайтариш керак" - собиқ чемпион 0 12:34Жалолов билан жанг қилиши мумкинлиги айтилган Мурат Гассиев Тайсон Фьюрига қарши рингга чиқиши мумкин 0 12:07"Биз айнан шу зарбани ишлагандик" - Сонг Ядонг нокаут ҳақида 0 11:40"Барселона" ҳимоячиси € 8,5 млн эвазига "Реал Сосьедад"га ўтди 0 11:13Двалишвили Нурмагомедовнинг мағлубиятига битта эмоджи билан муносабат билдирди 0 10:49Ҳумоюн билан жанг қилиши кутилган Мадраҳимов Тошкентга октагонга чиқади + ПОСТЕР 0 10:22Ислам Махачев Нурмагомедовнинг UFC`даги иккинчи мағлубияти ҳақида гапирди 0 09:57Ўзбекистон кубоги. Бугун яна иккита қизиқарли учрашув бор 0 09:23Lausanne Grand Slam 2026. Бугун оғир вазнли дзюдочиларимизга мухлислик қиламиз. Улар орасида Тўрабоев ҳам бор! 0 08:55Умар Нурмагомедов кечаги кутилмаган нокаутига илк бор изоҳ берди 0 08:26Жасурбек "Тайсон" Жўраев бир ҳафтадан кейин Тошкентда жанг қилади + ПОСТЕР 0 07:54"Интер Майами" "Монреаль"ни тор-мор этди. Мессидан покер 0 07:31Оғир вазн келажаги сифатида эътироф этилган Мозес Итаумани чуқур нокаутга учратишди 0 22:32Lausanne Grand Slam 2026. Ўзбекистон терма жамоаси иккинчи кунни ҳам медаль билан якунлади 0 21:11Шоҳсанам Шерзодова ва Нилуфар Зокирова жаҳон чемпионати кумуш медали совриндори 0

12 may 12:02
Yangiliklar

Kurash

Kurashingga havasim bor xovosliklar

Sirdaryo viloyatining Xovos tumanidagi "Sohibkor" mahallasida belbog'li kurash bo'yicha 9 may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ananaviy Respublika ochiq turniri bo'lib o'tdi.

Xovos tumani hokimligi, Sirdaryo viloyati sport boshqarmasi, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi, Sirdaryo viloyati belbog'li kurash federaciyasi, homiylar hamkorligida o'tkazilgan mazkur xotira turnirida qo'shni Qirg'iziston Respublikasi va Tojikiston hamda mamlakatimizning eng nomdor polvonlari ishtirok etishdi.

SHu elda yashab, kurash davralarining zo'ri bo'lgan, elkasi er ko'rmagan nomdor polvonlar hamda bir paytlar "Michirun" nomi bilan tanilgan va ushbu manzillarni bog'zorlarga aylantirigan, turli xil shirindan shakar uzum navlarini etirishib, xalqimiz dasturxoniga tortiq qilgan zahmatkash insonlar, yani o'sha paytlardagi shirkat rahbarlari, bog'bonlari xotirasi uchun tashkil etilgan belbog'li kurash bellashuvlari shiddatli va murosasiz bo'ldi.

Ayniqsa, ha desa har qishlog'idan yuzlab polvon bo'y ko'rsatadigan, asli naslida polvonlik qoni ufurib turadigan xovosliklarning kurashini ko'p sonli belbog'li kurash muxlislari shodu xurramlik bilan olqishlab turishdi.

Ochig'i, biz ham bellashuvlarni kurash maydonida turib kuzatdik va shu erlik aholining milliy sport turimiz belbog'li kurashni ashaddiy shaydosi ekanligiga, polvonlaridan g'ururlanishiga havas qildik. 

Sayil kurashi tarzida o'tgan ushbu turnirda Behruz Abdualiev, SHerdor G'ofurov, Husan Abduhakimov, Umidjon Xolmatov, Akrom Alijonov, Bo'ston Gurgunov, Manguberdi Imyanov, Baxtiyor Jumaboev, Umid Ortiqov, Muhammad Qodirov, Azamjon Anvarjonov singari polvonlar raqiblarini engib, tashkilotchilar va homiylar tomonidan qimmatbaho sovrinlarga ega bo'lishdi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing