So’nggi yangiliklar

10:59Осиё чемпионлигини кўзлаётган Воҳидовда муҳим ғалаба, Гулруҳбегим бошчилигидаги етакчи қизларимиз учун "қора кун" 0 10:38Хамзат Чимаев: "У мени "биродар" деди, кейин эса мен билан уришмоқчи бўлди" 0 10:17Витор Рейс: "Ҳусанов ҳудди акамдек" 0 09:52Бивол бугунги кундаги энг хавфли боксчи кимлигини айтди 0 09:26Жон Жонс ММА жангчиси бўлмаганида ким бўлиб ишларди? Спортчи жавоб берди 0 09:02Қозоғистон нега Польшадаги Жаҳон кубогида қатнашмаяпти? 0 08:39Саудия Арабистони. Роналду майдонга тушмаган баҳсда "Ал Насср" 9 та гол урди 0 08:17Бивол қандай ҳолатда Бетербиев билан учинчи жанг бўлмаслигини айтди 0 07:52Ўзбекистонда яна россиялик легионер пайдо бўлиши мумкин 0 07:30ESPN боксчиларнинг P4P рейтингини тақдим этди: Усик пешқадам 0 01:42А Серия. "Рома" "Аталанта"га ютқазди, клубнинг 19 та ўйинлик мағлубиятсиз серияси якунланди 0 23:55Жаҳон кубоги. Боксчиларимиздан муваффақиятли старт: учта жангда учта ғалаба 0 19:14Рим WTA 1000. 18 ёшли Мирра Андреевада яна ғалаба 0 18:51Достон Бозоров: "2025 йили UFC'га" 0 18:28Де Брюйне "Наполи"га ўтишга рози 0

04 mar 18:18
Yangiliklar

Kurash

Kurashning 2022 yilgi Osiyo o'yinlari dasturidan rasman o'rin olgani tasdiqlandi

Teglar :  Kurash
O'zbek xalqining milliy sporti – kurash bo'yicha 2022 yil Xitoyning Xangjou shahrida o'tadigan Osiyo o'yinlarida musobaqalar o'tkazilishi rasman tasdiqlandi.

Tailand poytaxti Bangkok shahrida bo'lib o'tgan Osiyo Olimpiya Kengashining sessiyasida Xangjou-2022dagi sport turlari tasdiqlandi. Unga ko'ra 40 ta sport turi bo'yicha musobaqalar rasman o'tkaziladi. Jakarta-2018 da sport turlari soni 42 tani tashkil etgan. Sportchilar soni ham 11720 dan 10000 nafarga kamayishi aytib o'tildi. 2010 yilgi Guanchjou va Incheon-2014 o'yinlarida rasman musobaqalar o'tkazilib 2018 da chetlashtirilgan kriket ham 2022 yilgi Osiyo O'yinlari dasturidan o'rin egalladi.

Noolimpiya sport turlari orasida shaxmat, jiujitsu, kabbadi, kurash, sepak takrav, rolikda uchish va ushu ham Hangjou-2022 rasmiy dasturiga kiritildi.

Eslatib o'tamiz, o'tgan hafta Xalqaro Kurash Associaciyasi prezidenti Haydar Farmon 2022 va 2026 yilgi Osiyo O'yinlarida kurash bo'yicha bellashuvlar jami 17 ta vazn toifasida o'tkazilishi haqida aytib o'tgandi. 

Takidlash kerak, Tailand poytaxtida o'tgan kongressda O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi raisi Umid Ahmadjonov Osiyo Olimpiya Kengashi vice-prezidenti etib saylandi.

O'zbekiston kurash federaciyasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing